Qo’shjonov Matyoqub
Qo‘shjonov Matyoqub – o‘zbek adabiyotshunosi va munaqqidi. 1918 yil 5 mayda hozirgi Turkmaniston Respublikasining Toshhovuz viloyati, Hallang qishlog‘ida tug‘ilgan. Filologiya fanlari doktori (1972), O‘zbekiston Respublikasi FAning a’zosi (1979), O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi (1978), Hamza nomidagi Davlat mukofoti laureati (1977).
30-yillarning ikkinchi yarmida Toshhovuzdagi o‘qituvchilar institutida o‘qigan. 1941-1945 yillarda urushda qatnashgan, mergan bo‘lgan. 1945-1950 yillarda O‘rta Osiyo Davlat universiteti filologiya fakultetida o‘qigan, imtiyozli diplom olgan.
1950-1954 yillarda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy qo‘mitasi apparatida ishlagan.
1954-1957 yillarda Markaziy Komitet qoshidagi ijtimoiy fanlar akademiyasi aspiranturasida o‘qidi.
1957-1960 yillarda O‘rta Osiyo Davlat universiteti filologiya fakultetida o‘qituvchi bo‘ldi.
1960 yildan O‘zbekiston FAning Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, direktor, bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlagan.
Manba: arboblar.uz
Uzpedia.uz