Qo‘shinlar Ko‘rigi




Qoʻshinlar paradi yoki qoʻshinlar koʻrigi  — rasmiy bayramlarda qoʻshinlarning jangovar texnika bilan tantanali marsh sadolari ostida maydondan saf tortib oʻtishi. Qoʻshinlar paradi Qadimgi Misr, Eron, Rim va boshqa armiyalarda ham oʻtkazilgan. Oʻrta Osiyo xalqlarida qoʻshinlarni harbiy yurish yoxud jang oldidan koʻrikdan oʻtkazish qadimdan maʼlum. Mas, Amir Temur va temuriylar davrida harbiy yurishdan oldin toʻplangan qoʻshin koʻrikdan oʻtkazilgan; jangdan oldin lashkarni koʻrikdan oʻtkazib, uning jangovar ruhi va holatini aniqlash izchillikka aylangan. Sohibqiron Boyazid I bilan hal qiluvchi jangdan avval turkiyalik elchilar koʻz oʻngida Sivasda qoʻshin koʻrigini oʻtkazgan. Amir Temur qoʻshinidagi har bir harbiy qism jangchilarining jussasi, otlarining rangi, javshan, sovutlarining yarqiroqligi, tugʻlarining bir-biridan farq qilib turishi elchilarga katta ruhiy taʼsir koʻrsatgan.

Manbalar





uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz