Qoshg`ar




Qashqar , Qizilsuv — Xitoyning gʻarbiy qismidagi daryo, boshlanish qismi Qirgʻiziston va Tojikiston hududlarida. Uz. 765 km (685 km Xitoyda), havzasining maydoni 90,8 ming km². Daryo Olay va Orqa Olay tizmalarining yon bagʻirlaridan boshlanib, quyi qismida Qashqar tekisligida oqadi. Suvi vohani sugʻorishga sarflanadi. Oʻrtacha suv sarfi quyi qismida 77 m³/sek., eng yuqorisi 500 m³/sek. Yozda suvi koʻpayadi. Daryo koʻp oqiziq keltiradi. Q. dastlab Yorkend daryosiga quyilgan, endilikda undan gʻarbda joylashgan Toʻgʻroqqum qumlariga singib ketadi. Q. boʻyida Qashqar shahri joylashgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz