Qoʻsh (uslub)




Qoʻsh , muqobila (qarama-qarshi, oʻzaro monand) — mahalliy meʼmorlik tarixida majmua yaratish uslubi; 14-asrdan Oʻrta Osiyoda keng qoʻllaniladi. Q. uslubida bunyod etiladigan maj-muada 2 bino bosh tarzlari bilan bir-biriga roʻbaroʻ quriladi: Koʻhna Urganchdagi Najmiddin Kubro va Sulton Ali maqbaralari; Samarqand Regms/lonidagi Ulugʻbek va Sherdor mad-rasalari va boshqa Samarqanddagi Bibixo-nim ulkan meʼmoriy majmuasidagi Amir Temur jome masjidi va Bibixonim madrasasi 1399—1404 yillarda qurilgan; Buxorodagi Ulugʻbek va Ab-dulazizxon madrasalari mos ravishda 1417 va 1652 yillarda bunyod etilgan va boshqa Q. uslubida majmualar tuzish Oʻrta Osiyo meʼmorligi (shaharsozligi)da katta badiiy mujassamot ahamiyatiga ega boʻlgan.



uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz