Qoʻsh sistemalar




Ikki komponentli sistemalar , qoʻsh sistemalar, binar sistemalar — ikki mustaqil tarkibiy qism (komponent)dan iborat fizik-kimyoviy sistemalar. I.k.s.ni oʻrganish komponentlarning bir-biriga qanday taʼsir koʻrsatishini aniqlashga yordam beradi. Bu oʻzaro taʼsir holat diagrammasi orqali ifodalanadi. Diagrammaning absissalar oʻqiga komponentlarning konsentratsiyasi (miqdori), ordinatalar oʻqiga fazaviy oʻzgarishlar temperaturasi qoʻyiladi. Oʻzaro taʼsiriga qarab, komponentlar suyuq va qattiq holatlarda birbirida har qan-day nisbatda eriydigan yoki shu holatlarda maʼlum chegaragacha eriydigan, kimyoviy birikmalar hosil qiladigan, suyuq holatda bir-birida erimaydigan yoki qisman eriydigan sistemalarni tashkil etadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz