Qoʻsh (omoch)




Qoʻsh — omochga qoʻshilgan bir juft (baʼzan bitta) hoʻkiz yoki ot. Oʻrta Osiyo xonliklarida bir juft hoʻkiz yordamida haydab ekish mumkin boʻlgan yer maydoni ham odatda Q. deyilgan. Bunda bugʻdoy yoki arpa ekish uchun haydalgan yer taxminan 6—7 ga, paxta uchun esa 2—3 gektarga teng boʻlgan. Har bir Q. yerdan olingan yer soligʻi Q. puli deb atalgan. Mazkur soliqning hajmi va qaysi shaklda undirilishi har yerda turlicha boʻlib, u ekilgan ekin navi, yetishtirilgan hosil hajmi, yer sifati va boshqa omillarga bogʻliq boʻlgan.

Turkiston ASSR va keyinchalik Oʻrta Osiyo respublikalarida tuzilgan dehqonlarning ommaviy tashkiloti esa "Qoʻshchi" uyushmasi (soyuzi) deb atalgan.

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz