Qoʻrqoq




„Qoʻrqoq“ (ruscha: Трус) — rus yozuvchisi Lev Nikulin qalamiga mansub roman. Ilk bor 1961-yil Moskva shahrida „Sovetskiy pisatel“ nashriyotida chop etilgan. Asar besh boʻlimga boʻlingan. Roman bosh qahramoni Sergey Shcheglov (ruscha: Сергей Щеглов) gestapoda qiynoqqa tutiladi va qoʻrqoq boʻlib qoladi. Asarni Mirziyod Mirzoidov oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Syujet



Bosh qahramon Sergey Shcheglovni (ruscha: Сергей Щеглов) gestapo qiynoqqa tutadi. Natijada u qoʻrqoq boʻlib qoladi. Sevgan yori Rozini (ruscha: Рози) tashlab qochadi. Yashirin tashkilot aʼzosi Deniza (ruscha: Дениза) ismli qizning payiga agentlar tushganini koʻradi, ammo uni ogohlantirishdan qoʻrqadi. Natijada bir necha kishi natsistlar qoʻlida halok boʻladi. Koʻp qiyinchiliklarga duchor boʻlgan Shcheglov Rossiyadan kelgan sayyohlarni uchratib qolmagunicha xor-zorlikda kun kechiradi.

Qahramonlar




Oʻzbekcha tarjima



Romanni Mirziyod Mirzoidov 1961-yil „Sovetskiy pisatel“ nashriyotida chop etgan nashrga asoslanib oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1965-yil Toshkent shahrida „Toshkent“ Badiiy adabiyot nashriyotida chop etilgan. Oʻzbek tilidagi nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: S. Rahimov – muharrir, V. Porotikov – rassom, I. Nirkov – rasmlar muharriri, L. Parpixoʻjayev – texnik muharrir, I. Qobilov – musahhih. Kitob adadi – 15 000 nusxa.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz