Qoʻrqmas Muhiddinov
Muhiddinov Qoʻrqmas (1946.20.3, Yangiyoʻl shahri) — opera xonandasi (bas). Oʻzbekiston xalqartisti (1986). Moskva konservatoriyasini tugatgan (1975). 1975-yildan1 Navoiy nomidagi opera va balet teatrida yakkaxon xonanda. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida kafedra mudiri, dotsent (2002-yildan). M. oʻzbek teatrida Yevropa mumtoz operalaridagi asosiy partiyalarni ijro etuvchi yetakchi opera solisti. Chet el operalarida rus, ingliz va italyan tillarida asosiy partiyalarni mahorat bilan ijro etgan. Galitskiy ("Knyaz Igor"), Xon Boboxon ("Tohir va Zuhra"), General-gubernator ("Boʻron"), Mefistofel ("Faust"), Boris Godunov, Pimen ("Boris Godunov"), Don Bazilio ("Sevilya sartaroshi"), Ara-stu ("Sugʻd elining qoploni"), Monterone ("Rigoletto"), Ramfis ("Aida"), Qirol Rene ("Iolanta"), Pyotr ("Pyotr I"), Qozi ("Maysaraning ishi"), Muhammad Sayd ("Zebunniso"), Yunon elchisi ("Buyuk Temur") va boshqa M. sahnada yaratgan asosiy obrazlaridan. Konsert-ijrochilik sohasida ham faol qatnashmoqda. Zamonamizning eng kuchli opera ijrochilaridan boʻlib, keng diapazondagi ovozi, musiqada soʻzlarning donadona ifoda etilishi, ijroda hishayajon, yuqori bas, yoqimli tembri bilan ajralib turadi. Germaniya, Finlandiya, Chexoslovakiya, Rossiya va boshqa mamlakatlar sahnalarida oʻzbek va jahon operasini namoyish etgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1981).
Manbalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Qo‘rqmas Muhiddinov haqida aniq ma’lumotlar kam, chunki u keng ommaga mashhur shaxs emas yoki uning haqida rasmiy manbalarda ko‘p ma’lumotlar mavjud emas. Agar sizda uning faoliyati, kasbi yoki aynan qaysi sohada faoliyat yuritishi haqida qo‘shimcha ma’lumot bo‘lsa, iltimos, ularni ayting – shunda men sizga yaxshiroq yordam bera olaman.
Agar siz doimiy ravishda izlayotgan shaxs, masalan, adib, olim, sportchi yoki boshqa soha vakili bo‘lsa, iltimos, shu sohani ko‘rsating. Shuningdek, Qo‘rqmas Muhiddinov haqida ma’lum bo‘lgan voqealar, asarlar va boshqa tafsilotlar bo‘lsa, ulardan ham foydalanish mumkin.
Yoki sizga qo‘rqmaslik, jasorat va mardonavorlik haqida ma’lumot kerakmi? Shunda umuman mavzu bo‘yicha ma’lumot berishim mumkin. Iltimos, aniqlik kiriting.