Qoʻrqma
Qoʻrqma — oʻzbek yozuvchisi Javlon Jovliyev tomonidan yozilgan roman. 2020-yil „Asaxiy Books“ loyihasi doirasida „Nihol“ nashriyotida chop etilgan. 2021-yilning Yil kitobi bo'lgan.
Nashrlar
Kitobning 2020-yil chop etilgan nashri 21 kunda sotilgan. 2021-yil asarning ikkinchi nashri 20 000 nusxada chop etilgan.
Eʼtirof
„Qoʻrqma“ asari uchun yozuvchi Javlon Jovliyev 2021-yil Tahsin mukofoti va Shavkat Mirziyoyev tomonidan „Kelajak bunyodkori“ davlat mukofoti bilan taqdirlangan. Bundan tashqari yozuvchiga Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev tomonidan 30 million soʻmlik sertifikat ham topshirildi. Asar muallifiga Afgʻonistonning „Oltin qalam“ mukofoti topshirildi. Asar „Yosh kitobxon“ respublika koʻrik tanlovining oʻqilishi lozim boʻlgan kitoblar roʻyxatiga kiritildi.
Tanqid
Oʻzbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) tomonidan monitoring qilinib, „Qoʻrqma“da kelgan ayrim jumlalar oʻquvchi ongiga salbiy taʼsir oʻtkazishi haqida aytib oʻtildi. Lekin AOKAning xulosasi ijtimoiy tarmoqlarda koʻplab kitobxonlar, blogerlar va adabiyotshunoslarning tanqidiga sabab boʻldi.
Manbalar
uz.wikipedia.org