Qoriyeva Bernora Rahimovna
Bernora Rahimovna Qoriyeva (1936.28.1. Toshkent) — balerina, baletmeyster. Rahim Qoriyevning qizi. SSSR xalq artisti (1973), Oʻzbekiston xalq artisti (1964). Qirgiziston xalq artisti (1996), professor (1985-yildan). Toshkent (1952) va Moskva Katta opera va balet teatri qoshidagi akademik xoreografiya bilim yurtini (1955), Toshkent madaniyat institutini tugatgan (1980). 1955-yildan Navoiy nomidagi opera va balet teatrida balerina. baletmeyster. 1985—98 yillarda Oʻzbekiston teatr arboblari uyushmasi raisi. 1994—2002-yillar Navoiy nomidagi opera va balet teatri direktori va badiiy rahbari. Q. repertuari asosini jahon mumtoz va zamonavyay baletlar tashkil qiladi: Mariya („Bogʻchasaroy favvorasi“), Shopeniapa (F.Shopsn. ATlachunov. „Shopeniana“). Jizel (L.Atan. „Jichel“), Frigiya (A.Xachaguryan. „Spartak“). Xonim (D.Shostakovich, „Lolita va bezori“) va mumtoz balet texnikasini puxta egallagan akgrisa har bir obrazla qahramnlarining ichki kechinmalari, his-tuygularini berishda mohirlik koʻrsatadi. Bu ayniqsa, zamondosh kompozitorlar yaratgan „Maskarad“ (Nina), „Momaqaldiroq soʻqmoqlarida“ (Sari), „Don Juan“ (Donna Anna), „Anna Karenina“ (Anna Karenina) kabi baletlarida oʻz ifodasini topdi. Milliy repertuarda u gavdalantirgan Mehri (M. Leviyev, „Suhayl va Mehri“), Soxani, Zarrina (M.Ashrafiy, „Sevgi tumori“, „Sevgi va qilich“), Nurxon (A. Koz-lovskiy, „Tanavor“), Nargis (U. musayev, „Afsonalar vodiysida“) obrazlari madaniy hayotda katta voqea boʻldi. U „Muhabbat afsonasi“ (T.Jalilov, B.Broviin) opera-baletining balet partiyalari ijodkoridir. 80 yil larning 1-yarmida Q. Hamza, Blok, Turgenev asarlari asosida „Zaharli hayot“, „Notanish ayol“, „Elegiya“ baletlarini yaratilishida (kom-pozitor R.Vildanov bilan hamkorlik-da) faol qatnashib, oʻzi Maryam, Ayol hamda Asya Polozova va Liza kalitina kabi rus ayollarining dramatizmga toʻla poetik obrazlarini yaratdi. Ketma-ket Julyetta, Ofeliya (P. Chaykovskiy, „Romeo va Julyetta“, „Hamlet“), Dezdemona (Persell, „Otello“) obrazlarini gavdalantirdi. Q. ijodiga bagʻishlangan „Bernora Qoriyeva raqsga tushadi“ va „Men balerinaman“ filmlari ishlangan. Yevropa, Osiyo, Shimoliy va Janubiy Amerika mamlakatlarida gastrolda boʻlgan. SSSR Davlat (1983) va Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofotlari (1970, 1982) laureati. „Doʻstlik“ ordeni (1996) bilan mukofotlangan.
Manbalar
uz.wikipedia.org