Qoriyev Abduvohid
Abduvohid Qoriyev , Abduraufqoriyev Abdulvohdqori (1855 — Toshket — 1938.12.1) — jamoat va din arbobi, pedagog . Dastlab Koʻkcha dahalik maktabdor Yoqubxoʻja eshondan eski usulda saboq olgan. 1870-80 yillarda Eshonqulidodxoh va 1880-88 yillarla Buxorolagi Ernazarboy madrasalarida tahsil koʻrgan. 1888-1906-yillarla Toshkent shahri Shayx Xovandi Tohur dahasidagp Mir abdullaboy masjid-madrasasida imom, mudarris, shu daha qozisi. 1906-yilda Toshkent shahri dumasi aʼzosi. 1907-yilda Rossiya Davdat dumasiping deputati. U Dumaga mahalliy aholi nomidan Pirmuhammad aʼlam Tursunmuhammad oʻgʻli bilan hamkorlikda ishlab chiqqan talabnomasini topshirgan. Shu yili aholini oʻz haq-huquqi uchun kurashga chorlovchi „chaqiriq“larni oʻzbek va tojik tilida yozib tarqatgan. Shuning uchun 1909-yilda Tula viloyatiga 5 yilga surgun qilingan. U rus adibi L. N. Tolstoy bilan shaxsan koʻrishib, suhbatlashib, 1910-yilda uning dafn marosimida ishtirok etgan.
Qoriyev surgundan qaytgach, 1917-yil aprelgacha mudarris, aprel oyidan „Shoʻroyi islom“ raisi. 1918-yildan „Fuqaho“ („Huquqshunoslar“) jamiyat aʼzosi. Oʻrta Osiyo mahkamai shariya idorasining raisi. 1923-yilda shu idora delegatsiyasi tarkibida Ufaga borib, Usmon Kurʼonini olib kelishda ishtirok etadi. 1926-yilda Makka shahrida boʻlib oʻtgan xalqaro musulmonlar kongressi ishtirokchisi.
Qoriyev 1937-yilda asossiz ravishla qamoqqa olingan va 1938-yil kaltaklab oʻldirilgan. 1957-yilda oqlangan.
uz.wikipedia.org