Qorixona xonaqohi
Qorixona xonaqohi - Fargʻona viloyatidagi meʼmoriy yodgorlik (17—18-asrlar); qorilar (Qurʼon oʻquvchilar) xonasi. Dastlab xonaqoh vazifasini oʻtagan Qishloq xoʻjaligi hovli, hujralar, gumbazli xona (tamaddixona), sagʻana hamda chillaxonadan iborat: hujralar hovlining 2 yonida joylashgan, ular oraligʻida gumbazli xona qad koʻtargan, hovlining janubida shu yerlik eshonning ravoqti sagʻanasi, uning yonida esa 2 m chuqurlikda chillaxona joylashgan. Qishloq xoʻjaligi gumbazi xom gʻishtdan oʻziga xos tuxumsimon shaklda ishlangan. Xonalar tosh oʻchoq bilan isitilgan.
uz.wikipedia.org