Qorin boʻshligʻining rentgenogrammasi
Qorin boʻshligʻining rentgenogrammasi bu qorin boʻshligʻini rentgen nurlari yordamida tekshirish usuli hisoblanadi. Baʼzan u BSQ deb qisqartirilgan holda ham ishlatiladi (buyraklar, siydik yoʻllari va siydik pufagi uchun).
Koʻrsatmalar
Qorin boʻshligʻining rentgenogrammasi koʻproq kasalliklarning oʻtkir davrlarida oʻtkazilib, quyidagi patologiyalarni tashxislashda muhim ahamiyatga ega:
Ammo, kompyuter tomografiyasi qorin boʻshligʻi shikastlanishini tashxislash uchun eng yaxshi alternativ tekshirish usuli hisoblanadi.
Kompyuter tomografiyasi jarrohlik amaliyotini yaxshiroq rejalashtirishni va keraksiz laparotomiyalarni kamaytirish imkonini beradi. Shuning uchun shoshilinch yordam boʻlimida oʻtkir qorin ogʻrigʻi boʻlgan katta yoshli bemorlar uchun odatda qorin boʻshligʻining rentgenogrammasi tavsiya etilmaydi.
Tekshiruvni oʻtkazish usullari
Qorin boʻshligʻi rentgenogrammasining standarti boʻyicha odatda yotgan holatda bitta anteroposterior proyeksiyada tasvir olinadi. Ingichka ichak tutilishini istisno qilish uchun esa ikkita proyeksiyada tasvirlar olinadi. Bular bemor yotgan va tik turgan (bu havo suyuqlik darajasini aniqlash uchun etarli) holatidagi olinadigan tasvirlardir.
Rentgenogrammada jigarning (yoki diafragmaning) yuqori qismidan qov simfiziga qadar boʻlgan hudud toʻliq koʻrinishi kerak. Rentgen tasvirida qorin boʻshligʻining quyidagi organlarining tasvirlarini koʻrishimiz mumkin — jigar, taloq, oshqozon, ichak, oshqozon osti bezi, buyraklar va siydik pufagi.
BSQ
BSQ B buyraklar,
S Siydik yoʻllari va
Q qovuq degan maʼnoni anglatadi. BSQ tekshiruvida diafragma koʻrinishi shart boʻlmaydi. Bunda olingan tasvir qov simfizidan boshlab buyraklarning yuqori tomonlarigacha boʻlgan butun siydik tizimini oʻz ichiga oladi.
BSQ — qorin boʻshligʻining tekis frontal rentgenogrammasidir. U bilan birga koʻpincha koʻkrak qafasining tik posterioanterior proyeksiyasidagi (diafragma ostidagi havoni istisno qilish uchun) va tik turgandagi qorinning (oshqozon-ichak havosi/suv darajasini tekshirish orqali obstruksiyani farqlash uchun) tasvirlari ham olinadi.
Nomiga qaramay, BSQ odatda buyraklar, siydik yoʻllari yoki siydik pufagi patologiyasini tekshirish uchun ishlatilmaydi. Chunki bu tuzilmalarni baholash qiyin (masalan, ichakdagi gazlar tufayli buyraklar koʻrinmasligi mumkin). Ushbu tuzilmalarni rentgenologik baholash uchun tomir ichiga kontrast modda yuborish yordamida oʻtkazilgan pyelogramma deb ataladigan usul tarixan qoʻllanilgan va bugungi kunda koʻplab muassasalarda KT urografiyasi asosiy tekshiruv usuli sifatida qoʻllaniladi.
BSQ odatda buyraklardagi toshlar, ichak tutilishi, oʻt pufagi toshlari kabi oshqozon-ichak va buyrak kasalliklarini tekshirish uchun ishlatiladi. Bundan tashqari, BSQ koʻpincha ich qotishini tashxislashda ham samarali hisoblanadi. Chunki rentgenogrammada axlatni osongina koʻrish mumkin.
Oshqozon-ichak trakti
Oshqozon ichak traktining yuqori qismlarini rentgen yordamida tekshirishda kontrast moddalardan foydalaniladi. Misol uchun bariy sulfatni suv bilan aralashtirib boʻtqa tayyorlanadi va bemorlarga ichishi soʻraladi. Bariy sulfat enteral qabul qilingandan soʻng raqamli ravishda rentgen suratlari olinadi. Bariy sulfat oshqozon-ichak traktining ichki devorini qoplab, rentgen plyonkasida oq rangda koʻrinadi va oshqozon-ichak traktining tegishli qismlarining koʻrinishini kuchaytiradi.
Oshqozon ichak traktining pastki qismlarini rentgenologik tekshiruvlarida ham kontrast moddalar foydalaniladi. Ammo pastki qism organlarini tekshiruvida kontrast modda ogʻiz orqali emas, balki to`g`ri Ichak orqali huqna qilib bemor organizmiga kiritiladi. Bu usul bilan yoʻgʻon ichakni tekshirish mumkin.
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org