Qori Sulton madrasasi




Qori Sulton madrasasi Xoja Porso guzarida joylashgan bo‘lib, 10 hujrasi bo‘lgan. Amir Abduahadxon davrida qurilgan. Mulla Sultonbiy ibn Xoja Murod hijriy 1323-yili (1905 — 1906) Xoja Porso guzaridagi mulla Sultonbiy madrasasi uchun Taxti sho‘r guzarida 1 savdo do‘koni, Komi Abu Muslim tumanidagi Qasri ishrat mavzesida 2 tanob sug‘oriladigan ekin yerini vaqf qilgan. Hujjat qozi ul-quzzot Mir Badriddin ibn Sadriddin muhri bilan tasdiqlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz