Qoʻrgʻoshin sulfid




Qoʻrgʻoshin sulfid , qoʻrgʻoshin (P)-sulfid, PbS — qoʻrgʻoshinning oltingugurt bilan boʻlgan birikmasi. Qoramtir-kulrang yaltiroq kristall modda; suyuqlanish temperaturasi 1114°, qaynash temperaturasi 1281°, zichligi 7,59 g/sm3. Qoʻrgʻoshin sulfid — yarimoʻtkazgich. Suv, suyultirilgan HCl, H2SO4da, ishqorlarda erimaydi, suyultirilgan NTMO, da eriydi. Qoʻrgʻoshin sulfid sunʼiy yoʻl bilan qoʻrgʻoshinga yuqori temperaturada oltingugurt taʼsir ettirib yoki R2+tuzlari eritmalaridan vodorod sulfid yordamida choʻktirish usulidan foydalanib olinadi. Tabiatda galenit minerali holida uchraydi. Foto qarshiliklar tayyorlashda qoʻllanadi.



uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz