Qoʻrgʻontepa




Qoʻrgʻontepa  — Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumani (1976-yildan), tuman markazi. Andijon viloyatining shimoliy-sharqida, Fargʻona va Olay tizmalarining etak qismida joylashgan. Yer yuzasi sharqdan (balandligi 1000 m gacha) gʻarbga (500 m gacha) pasayib boruvchi togʻ oldi qiya tekisligidan va Toshohur, Suzoq adirlaridan iborat. Iqlimi kontinental: yozi issiq, qishi nisbatan sovuq. Oʻrtacha temperatura yanvarda —2° dan —3° gacha, iyulda 26—26,5°. Eng past temperatura qishda —24°, eng yuqori temperatura yozda 41°. Yiliga 250—400 mm yogʻin tushadi, asosiy qismi qish va bahor oylarida yogʻadi. Vegetatsiya davri 220 kun. Shahrixonsoy va Andijonsoy oʻrtasida joylashgan. Andijon shahridan 41 km olisda. Qoʻrgʻontepa hududidan respublika ahamiyatidagi avtomagistral yoʻli oʻtgan. Aholisi 28,3 ming kishi (2005). Qoʻrgʻontepada paxta tozalash zavodi, paypoq toʻqish fabrikasi, attorlik fabrikasi filiali, non kombinati, Toshkent instrumental zavodining filiali, avtokorxonalar, MTP. dehqon bozori, qurilish tashkilotlari, kichik, oʻrta biznes korxonalari, „El-jihoz“ servis qoʻshma korxonasi bor. Umumiy taʼlim, bolalar musiqa va sport maktablari, 3 kasb-hunar kolleji, tuman markaziy kutubxonasi va uning shoxobchalari, klub muassasalari, madaniyat saroyi, madaniyat va istirohat bogʻi. Xotira maydoni mavjud. Sport majmuasi, stadion va boshqa sport inshootlari faoliyat koʻrsatadi. Tuman markaziy kasalxonasi, tugʻruqxona maj-muasi, poliklinika, lorixonalar va boshqa tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Qoʻrgʻontepadan Toshkent, Aldijon shaharlariga avtobus va marshrutli taksilar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.

Qoʻrgʻontepa hududidan Qoradaryo va uning tarmoqlari Shahrixonsoy va Qoragʻunon arigʻi, jan. chegarasidan Savay kanali oqib oʻtadi. Tuproqlari oʻtloqi, oʻtloqi boʻz tuproqlar. Yovvoyi oʻsimliklardan shoʻra va b., asosan, adirlarda va haydalmagan yerlarda oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan adirlarda boʻri, tulki, jayra, shuningdek, turli xil sudraluvchilar, kemiruvchilar, qushlar, suvlarida baliqlar bor.

Aholisi



Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, qirgʻiz, tojik, rus, tatar, qozoq va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 334 kishi. Shahar aholisi 57,5 ming kishini tashkil qiladi.

Xoʻjaligi



Qoʻrgʻontepa shahrida paxta tozalash zavodi, gʻisht zavodlari, don mahsulotlari, „SAMO“ aksiyadorlik jamiyati, „AnNur“ masʼuliyati cheklangan jamiyat, non kombinati, mahalliy sanoat gazlama, attorlik buyumlari, tikuvchilik, paypoq toʻqish fabrikalari, toʻqimachilik korxonalari, avtokorxona, MTP, qurilish tashkilotlari, dehqon bozori, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Kichik va oʻrta biznes korxonalari, mikrofirmalar, „El-jihoz“ qoʻshma korxonasi faoliyat koʻrsatadi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Qoʻrgʻontepa — Oʻzbekistonning Andijon viloyatida joylashgan shahar. U viloyatning muhim sanoat, madaniy va iqtisodiy markazlaridan biridir. Qoʻrgʻontepa shahrining tarixi uzoq va boy bo‘lib, u qadimdan savdo va hunarmandchilik markazi sifatida rivojlangan.

Geografik joylashuvi sababli Qoʻrgʻontepa Andijon viloyatining sharqiy qismida joylashgan bo‘lib, Toshkent va boshqa yirik shaharlar bilan yaxshi transport aloqalariga ega. Shaharda ko‘plab sanoat korxonalari, xizmat ko‘rsatish obyektlari va ta’lim muassasalari faoliyat yuritadi.

Madaniy jihatdan Qoʻrg‘ontepa o‘zining an’anaviy va zamonaviy elementlarini uyg‘unlashtirgan. Bu yerda turli madaniyat tadbirlari, xalq san’atlari va festivallar faol tashkil etiladi, bu esa mahalliy aholining boy madaniy merosini saqlab qolishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, Qoʻrgʻontepa aholisining asosan o‘zbeklar tashkil etadi, ammo shahar ko‘p millatli hudud sifatida boshqa millat vakillarini ham qamrab oladi. Bu esa shaharni madaniy va ijtimoiy jihatdan rang-barang va boy qiladi.

Qisqasi, Qoʻrgʻontepa — Andijon viloyatining muhim shahri bo‘lib, u o‘zining tarixiy, madaniy va iqtisodiy ahamiyati bilan ajralib turadi.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz