Qoʻrgʻaljin (tuman)





Qoʻrgʻaljin tumani  — Akmola viloyatining janubiy qismida joylashgan. 1932-yili tashkil topgan. Maydoni 9,3 ming km². Aholisi 9,476 kishi, oʻrtacha zichligi km²-ga 1 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tumanning maʼmuriy markazi — Qoʻrgʻaljin qishlogʻi.

Aholisi



Aholisi 9,4 ming kishi, oʻrtacha zichligi km²-ga 1 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman aholisining milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin:(1-yanvar 2010-yil)

Iqlimi



Iqlimi kontinental. Qishi sovuq va uzoq boʻladi (180 kungacha qor erimaydi, qalinligi 20 sm-day), yozi issiq va sernam. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −17 — 18 °C. Iyulniki 20 — 21 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 250 — 300. mm.

Ijtimoiy soha



Tumanda taʼlim va madaniyat sohalarida maktabgacha boʻlgan 8 ta bolalar mahkamasi, 5 ta boshlangʻich, 8 ta toʻliqsiz, 11 ta oʻrta maktab, 33 ta kutubxona, xalq teatri, muzey, 22 ta klub, 3 ta madaniyat uyi bor. Tibbiyot mahkamalaridan tuman kasalxonasi, 5 ta oilaviy-shifokorlik ambulatoriya, 13 ta feldsher-akusherlik punkt bor. Tuman „Shamshiraq nuri“ (1934-yildan buyon), „Svet mayaka“ (1957-yildan buyon) roʻznomalari chiqariladi.

Katta qishloqlari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz