Qoʻrday (tuman)
Qorday tumani — Jambul viloyatining janubiy-sharqida joylashgan hudud. Avvallari (17.1.1928) Almati viloyatining tarkibida boʻldi, keyinchalik (14.10.1939) Jambul viloyatining tarkibiga qoʻshildi. Hududi 8973 km². Aholisi 128358 kishi (2011). Tuman markazi — Qoʻrday qishlogʻi.
Geografiyasi
Qorday tumanining yeri asosan togʻlardan tashkil topgan. Shimoliy va sharqiy hududida Chu-Ile togʻlari mavjud (balandligi dengiz sathidan 1000 m). Kinfiktosh, Jetijoʻl, v.h. togʻ qoyalari tumanning markaziy va janubiy-shara qismini tashkil qiladi. Tuman hududida foydali qazilmalardan granit (2,6 mln. m³), ohaktosh (87,4 mln. t), agloporit qumi (3,1 mln. m³), flyuorit (0,467 mln. t), oltin koni (0,305 mln. t), molibden (12,2 ming t) va qurulish toshlari koni (8,05 mln. m³).
Aholisi
Tumanning asosiy qismini qozoqlar (49,0 %) tashkil qiladi. Qolganlari ruslar (17,6 %), dunganlar (23,1 %), oʻzbeklar v.h. millat vakillari istiqomat qilishadi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 11,8 kishidan toʻgʻri keladi. Aholisi asosan tumanning janubiy, janubiy-sharq qismida (1 km²-ga 37,2 kishidan) yashashadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org