Qorayozi bobo ziyoratgohi




Qorayozi bobo ziyoratgohi  — Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumanida joylashgan qabriston. Ziyoratgohga Hazrat Alining avlodi boʻlgan Said Battolning oʻgʻli Asadulloh (Qorayozi bobo) dafn etilgan. Temuriylar davrida qabr ustiga maqbara qurilgan. Qoʻqon xonligi davrida 1723-yili ziyoratgoh qaytadan taʼmirlangan. Shu davrda ziyoratgohning atrofidan 10 gektar yer vaqf ajratilgan. Qorayozi bobo ziyoratgohining dastlabki binosi qachon barpo etilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud emas. Faqat vaqfnomalarda 1723-yili taʼmirlanganligi taʼkidlanadi. Mazkur ziyoratgoh shundan keyin 1938-yilgacha saqlanib turgan, soʻng buzib yuborilgan. Eski xarobalar ustida 2002-yilda yangi maqbara tiklandi. Hozirda ziyoratgoh uch xonadan iborat gumbazli shaklda pishiq gʻishtdan barpo etilgan. „Qorayozi“ soʻzi „qora“ — katta „yoz“ kenglik, dala degan maʼnolarni bildiradi. Demak, „Qorayozi“ katta kenglik, katta dala degan maʼnoni bildiradi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz