Qoravoylar




Qoravoylar — kurakoyoqli qushlar turkumining bir oilasi. 31 turi mavjud. Bir turi (uchish qobiliyatini yoʻqotgan) Galapagos orollarida, qolganlari Yevropa, Shim. Amerika, Osiyo, Afrika, Avstraliya, Yangi Zelandiyada tarqalgan. Tanasining uz. 55—92 sm. Koʻpchiligi qora tusda. Yaxshi suzadi va shoʻngʻiydi. Q. koloniya boʻlib, dengizlar, suv havzalari qirgʻogʻidagi qoya, daraxt, qamishzorda uya yasaydi. 4—5 ta tuxum qoʻyadi. Inkubatsiya davri bir oy davom etadi. Poloponlari 7—8 oyli-gida ucha boshlaydi. Asosan, baliklar bilan oziqlanib, baliqchilikka bir oz zarar yetkazadi. Oʻzbekistonda katta qoravoy va kichik qoravoy kabi turlari uchraydi. Q.ning 3 turi Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil kitobiga kiritilgan.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz