Qoravoy
Qoravoy ( lotincha: Plegadis falcinellus) — ibislar oilasiga mansub keng tarqalgan qush.
Umumiy xarakteristika
Qoravoy — o‘rtacha o‘lchamdagi qush sanaladi. Tana uzunligi 48-66 sm (o‘rtacha taxminan 56 sm), qanotlari qoqqanida 88-105 sm, qanot uzunligi 25-30 sm, tumshug‘i uzunligi 9-11 sm. Tana vazni 485 dan 970 g gacha o‘zgarishi mumkin. Katta qushlar to‘qrangga ega - bronza va yashil, metall va jigarrang uyqash bo‘lib ketgan. Kichik qoravoylar jigarrang bo‘lib, bosh va bo‘yniga oq chiziqlar tortilgan bo‘ladi u voyaga yetgan sari yo‘qolib boradi.
Tarqalishi
Qoravoy Yevroosiyo, Afrika, Avstraliya, Shimoliy Amerikada keng tarqalgan. Rossiya janubida - Kuban, Don, Terek va Volga daryolarining deltalarida uchraydiyu Ular qishni Afrika va janubiy Osiyoda o‘tkazadilar, ayrimlari qishlash uchun Kuban deltasida ham qolishadi.
Amudaryoning quyi qismi, Zarafshon (uyalash), Amudaryo va Sirdaryo vohalaridagi suv havzalari (uchib o‘tish).
Yashash joyi
Qoravoylarning yashash joylari - chuchuk va ozgina sho‘rlangan suv havzalari, keng botqoqliklar, tekislikdagi qamishzorli sayoz suv havzalarida. Ular gala bo‘lib, ba’zan 100 tagacha borishadi, tubi loyqa, qamish bilan qoplangan sayoz suvlarda, ba’zan sholi dalalarida, nam botqoqlarda oziqlanadi. Ular tunni daraxtlarda o‘tkazishadi.
Soni
1960-yillarda Janubiy Orolbo‘yida uchrashi odatiy edi, hozirda ko‘plab yashash joylarida yo‘q bo‘lib ketgan. Amudaryo deltasida 700–800 jufti, Zarafshon daryosining quyi oqimida taxminan 100 jufti uyalaydi; bir necha yuztasi uchib o‘tadi. Turning dunyodagi populyasiyasi qisqarib bormoqda.
Ko‘paytirish
Qoravoy boshqa qushlar – qoshiq qushlar, saqoqushlar, turnalar bilan zich koloniyalarda quyuq chakalakzorlarda uyaladi. 3-6 ta to‘q yashil-ko‘k rangli tuxumlardan iborat uyalashni ikkala sherik tomonidan amalga oshiriladi. Uch hafta o‘tgach, jo‘jalar tuxumdan chiqadi. Ikkala ota-ona ham jo‘jalarini tashlandiq ozuqalar bilan boqishadi, bu jo‘jalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ota-onalarning qizilo‘ngachidan oziqlanishadi. Ko‘pincha, tuxum qo‘yishda extiyotsizlik qilinsa, ya’ni tuxumi yaroqsiz bo‘lib qolsa, qoravoylar qayta tuxum qo‘yishadi. Shundan keyin, voyaga yetgan va polaponlar uchishga tayyor bo‘lib, katta suruv hosil qiladi va uyalash joyiga ko‘chib o‘tadi.
Muhofaza etish
Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston Qizil kitoblariga kiritilgan tur.
Muhovaza choralari
Ovlash man etilgan. Sudochye, Qoraqir, Dengizko‘l va Arnasoy buyurtmaxonalarida muhofaza qilinadi. Bonn konvensiyasining II Ilovasiga kiritilgan.
Manbalar
Adabiyot
uz.wikipedia.org