Qoraungur




Tentaksoy , Qoraungur — Andijon viloyatining shimoli-sharqiy qismidagi soy. Fargʻona tizmasining shim.sharqiy yon bagʻridan boshlanadi. Daryo yuqori qismida togʻlar orasida oqadi. Muzlik va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Daryo suvi bahorda koʻpayadi. Paxtaobod shahridan oʻtib Moylisuvga qoʻshiladi. Uz. 126 km. Havzasi maydoni 4130 km². Koʻp yillik suv sarfi 35,8 m³/sek. T.ga Chortoqsoy va boshqa tashlama suvlar kelib qoʻshiladi. Suvi Paxtaobod tumani ekin maydonlarini sugʻorishga sarflanadi.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz