Qoratoyev Muhammadjon Qo'jasboyevich
Muhammadjon Qoʻjasboyevich Qoratoyev (1910.22.12, Qiziloʻrda viloyati Telikoʻl ovuli — 1992.9.6. Olmaota) — qozoq adabiyotshunosi, yozuvchi va tarjimon. Qozogʻiston Fanlar akademiyasi akademik (1975), Qozogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1974). Filol. fanlari doktori (1963), professor (1965). Abay nomidagi Qozoq pedagogika institutini tugatgan (1933). Qozogʻiston Yozuvchilar uyushmasining masʼul kotibi (1936—37), raisi (1937—38), Qozogʻiston pedagogika instituti qozoq adabiyoti kafedrasining mudiri (1960). "Jazushi" nashriyotida katta muharrir, tahririyat mudiri, bosh muharrir oʻrinbosari, direktor (1955—60), 1960-yildan M. Avezov nomidagi Adabiyot va sanʼat institutida boʻlim mudiri, 1968-yildan Qozoq sovet ensiklopediyasi Bosh muharriri. Adabiy faoliyati 1933-yildan boshlangan. "Jonajon adabiyot haqida oʻylar" (1958), "Saken Sayfullin" (1964), "Mahorat va dunyoqarash" (1965), "Muxtor Avezov" (1967), "Doʻmbradan kitobga" (1969), "Adabiyot va estetika" (1970), "Istiqbol choʻqqilari" (1972), "Choʻqqilar oldinda" (1977) kabi adabiytanqidiy kitoblar muallifi. Q., shuningdek, "Choʻldagi gudok" romani (1960, K.N.Altayskiy bilan hamkorlikda), "Jer-uyukka sayohat" qis-sasini yozgan. M.Gorkiyning "Mening dorilfununlarim" va M.Sholoxovning "Tinch oqar Don" (3 kitob) asarlarini qozoq tiliga tarjima qilgan.
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Qoratoyev Muhammadjon Qo‘jasboyevich haqida aniq, to‘liq ma'lumot berish uchun qo‘shimcha kontekst yoki soha ko‘rsatilishi kerak bo‘ladi, chunki hozirda ushbu ismga oid ommaviy manbalarda keng tarqalgan ma'lumotlar mavjud emas. Agar u ilm-fan, madaniyat, siyosat yoki boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan shaxs bo‘lsa, iltimos, qo‘shimcha ma'lumot bering yoki qaysi sohada faoliyat olib borishi haqida ayting. Shunda sizga undan batafsilroq ma'lumot taqdim eta olaman.
Qoratomiy yoki boshqa hududlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxs haqida gapirilayotgan bo‘lsa, ularning faoliyati, yutuqlari yoki hayoti haqida ma'lumot berishni istaysizmi? Iltimos, aniqlik kiritishda yordam bering.