Qoratov




Qoratov (Mangʻistov) — Mangʻishloq yarim oroldagi (Qozogʻistonning Mangʻishloq viloyati) togʻ. Uz. 130 km. Eng baland joyi 556 m (Bestoki togʻi). Yuzasi toʻlqinsimon plato koʻrinishida. Yon bagʻirlari darasimon quruq soy va jarliklar bilan oʻyilgan. Tektonik jihatdan antiklinal struktura boʻlib, kuchli burmalangan trias, yura, boʻr davrlariga mansub qumtosh, slanets, ohaktosh, mergel, gillardan tashkil topgan. Q.da shuvoq-shoʻra, baʼzi joylarida buta oʻsimliklari oʻsadi, yaylov sifatida foydalaniladi. Temir, mis, toshkoʻmir konlari bor.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz