Qoratol tumani
Qaratal tumani (qozoqcha: Қаратал ауданы) — Almati viloyatining shimoliy qismida joylashgan. Yer maydoni 24,2 ming km (viloyatning 10,8 % tashkil qiladi). 1928-yil tashkil topgan. Aholisi 47,954 kishi (2013). Tuman markazi — Uchtepa shahri.
Aholisi
Tuman aholisi 47,954 kishi (2013). Aholisining 48,3 %-i shaharda, 51,7 %-i qishloqlarda istiqomat qilishadi, oʻrtacha zichligi 1 km-ga 2 kishidan toʻgʻri keladi. Tuman aholisi koʻp millatli hisoblanadi, milliy tarkibini quyidan koʻrishingizga boʻladi:
Ijtimoiy soha
Tumanda 125 kishiga moʻljallangan kasalxona, shifoxona, qishloq markazlarida shifokorlik ambulatoriyalar (5) va feldsher-akusherlik punklar (17) aholiga xizmat koʻrsatadi. Taʼlim sohasida 20 oʻrta maktab, 2 maktab-gimnaziya, bolalar va yoshoʻspirinlarning sport maktabi, kasbiy-texnik va harbiy-texnik maktablar faoliyat yuritadi. Bulardan boʻlak Uchtepa bolalar uyi va bolalar bogʻchasi bor. Tumanda markaziy va 2 vedomstvo kutubxona, tuman madaniyat uyi, vedomstvo 5 madaniyat uyi va 6 klub faoliyat yuritadi.
Geografiyasi
Tuman iqlimi keskin kontinental. Qish oyi janubi-sharqida ancha iliq, shimoliy qismida sovuq. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −10-14 °C. Yoz oylarida issiq va quruq boʻladi. Iyul oyining oʻrtacha harorati 22-24 °C. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 200–400 mm.
Katta qishloqalri
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org