Qoratikan




Qoratikan — it-jumrutdoshlarga mansub sertikan buta, baʼzan daraxtcha. Gʻarbiy va Oʻrta Osiyo, Kavkaz, Qrimda tarqalgan. Boʻyi 2–3 m. Barglari oddiy, bandli, seret, qiyshiq-tuxumsimon yoki qiyshiq-ellipssimon. Gullari ikki jinsli, mayda, koʻkimtir-sargʻish, barg qoʻltigʻidagi soyabonlarda joylashgan. Mevasi quruq, disksimon, qanotchali, diametri 15 – 25 mm, quruq, qizgʻishjigarrang. May oyida gullab, mevasi iyun—avgustda yetiladi. Q. yorugʻsevar, qurgʻoqchilikka chidamli. Poʻstlogʻi va mevasi tarkibida oshlovchi moddalar bor. Ildizi va bargi siydik haydovchi dori sifatida ishlatiladi. Yashil devorlar hosil etish uchun ekiladi.



uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz