Qoraterak




Qoraterak — toldoshlarga mansub daraxt. Rossiyaning Yevropa qismi, Sibir va Oʻrta Osiyoda koʻp tarqalgan. Ikki uyli oʻsimlik. Boʻyi 25 m gacha, diametri 4 m ga yetadi. Tanasi yoʻgʻon, kulrang poʻstloq bilan qoplangan. Bargi uchburchak, mayda arrasimon qirrali, uzun bandli, navbatlashib joylashgan. Barg chiqarishdan oldin gullaydi. Gullari mayda, bir jinsli, kuchala toʻpgulga yigʻilgan. Mevasi koʻp urugʻli, pishganda 2—4 pallaga boʻlinadigan koʻsakcha. Oʻzbekistonning deyarli hamma viloyatlarida manzarali daraxt sifatida oʻstiriladi. Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida yovvoyi holda uchraydi. Q.ning barg kurtagi tarkibida efir moyi, smola. organik kislotalar, glikozidlar, osh-lovchi va boʻyoq moddaaar bor. Xalq tabobatida Q.ning barg kurtagidan tayyorlangan damlama haroratni pasaytiruvchi, yurak faoliyatini yaxshilovchi vosita sifatida ishlatiladi. Uruti, qalamchasi va ildiz bachkilaridan koʻpaytiriladi. Daraxtzorlar va daryo boʻylarida oʻrmonlar barpo qilishda foydalaniladi. Yogʻochi yumshoq.

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz