Qorasuv (Oʻsh viloyati)




Qorasuv — Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyatidagi shahar (1960-yildan). Oʻsh-Qorasuv vohasida, Bishkek—Oʻsh avtomobil yoʻli yonida joylashgan. Aholisi 17,9 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Andijon — Jalolobod temir yoʻl liniyasida. Q.dan Oʻshga temir yoʻl shoxobchasi oʻtgan (22 km). Paxta tozalash, moy ekstraksiya, avtomobil taʼmirlash zavodlari, avtokorxona, un mahsulotlari kti bor. Avtovokzal, madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi ishlab turibdi.

Qorasuv   — (qirgʻizcha: Кара-Суу) - Qirgʻizistondagi shahar, Oʻsh viloyati, Qorasuv tumanining maʼmuriy markazi. 1960-yili shahar maqomi berilgan aholisi soni 21 mingga yaqin (2012). Umumiy yer maydoni — 38,7 km². Viloyat markazi sanalmish Oʻsh shahridan 24 km uzoqlikda va mamlakat poytaxti Bishkekdan 650 km uzoqlikda joylashgan. Shaharda 10 maktab, 1 gimnaziya, 1 musiqa maktabi va 3 bolalar bogʻchasi 6 bozor bor. Shuningdek Qorasuvning oʻzida 3 joʻme masjid, 15 yaqin mahalla masjidlar, 3 kasalxona, 1 poliklinika, 1 istiroxat bogʻi hamda Qorasuv tumanidagi madaniyat uyi bor.

Iqtisodiyoti




Qorasuv shahri Qirgʻizistonning eng rivojlangan shaharlaridan biri. Shaharda:

Qorasuvning aholisi asosan savdo sotiq bilan shugʻillanadi shaharda 11 asadorlik jamiyati, 6 masuliyati cheklangan jamiyati va 45 yaqin kichik ishxonalar bor. Shaharda non va nonmahsulotlari un qayta ishlanib eksport qilinadi. Qorasuv shahri Qirgʻiziston janubiga kirib keluvchi yagona temir yol mavjud poezdlar avval Qorasuv punktga tushirilib kegin boshqa shaharlarga elitiladi.
Qorasuv markazi bozorida 2010-yilga qadar bozirda 10 000 cavdogor 15 000ga yaqin ishchilar ishbilan tamillangan edi.

Aholisi



Shahar aholisi 2012-yilgi maʼlumot boʻyicha 21 000 ga yaqin. Qorasuv aholisi juda zich joylashgan.

Sport



Shaharda sportning 5 xil turi mavjud yoshlar asosan erkinkurash va futbol bilan shugʻulanadi 10 ga yaqin sport inshoatlari mavjud.

Ulardan Roʻzi ohun xoji erkin kursh sport saroyi

Milliy tizimi



Shaharda 1992-yildan 2010-yilgacha Mirahmedov Tolibjon nomidagi Oʻzbek milliy-madaniy markazi ishlagan.

Diniy holati




Qorasuv aholisining 98%-ini musulmonlar tashkil qiladi. Shaharda; ikkita joʻme masjid

va 15 ga yaqin kichik masjidlardan tashkil topgan.
Quroni Karim o'rganish ilmiy markazi joylashgan

Qorasuvda tavallud topgan taniqli insonlar



Alouddin Mansur — imom, islomshunos tarjimon. Qurʼonni oʻzbek tiliga izoh berib tarjima qilgan. Ushbu tarjima ilk bor Sharq Yulduzi oynomasida chop etilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz