Qorasuv koʻchasi (Toshkent)
Qorasuv koʻchasi — Toshkent shahrining sharqiy qismida, Yashnobod tumani hududida joylashgan boʻlib, koʻchaning umumiy uzunligi 2 kmni tashkil qiladi.
Tarixi
Koʻchaning sobiq nomi Lisunov koʻchasi boʻlib, ushbu nom sovet samolyot konstruktori, polkovnik, muhandisi va Li-2 samolyotini ishlab chiqarish tashkilotchisi Boris Pavlovich Lisunov sharafiga nomlangan edi. 2009-yil aprel oyida koʻcha nomi „Qarosuv koʻchasi“ga oʻzgartirilgan.
Kesishgan koʻchalar
Koʻcha parkent koʻchasidan boshlanib, Izzat, Aviasozlar, Aviasozlar 5-tor koʻchasi, Lisunov, Aviasozlar 6-tor koʻchasi, Qorasuv 2-koʻchalari bilan kesishib, Parkent koʻchasi bilan kesishgan hududda tugaydi. Ushbu joyda Toshkent metropolitenining Yerusti halqa yoʻli oʻtgan. Majnuntol koʻchasi ushbu koʻchaga parallel ravishda oʻtgan.
Binolar
Koʻcha boʻylab 7-son issiqlik markazi (qozonxona), Aviasozlar sport majmuasi, Aviasozlar sanʼat saroyi va unga tutash hududdagi xiyobon, 2-sonli psixodispantser, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish doʻkonlari, koʻp qavatli uylar joylashgan.
Tansport
Koʻcha boʻylab tramvay harakatlanar edi. Lekin Toshkent shahridan tramvaylar harakati toʻxtalgach, 2013-yil 17-yanvarda poytaxt hokimligi tomonidan eʼlon qilingan va shahar qiyofasini tubdan yangilash, amalga oshirilayotgan shaharsozlik ishlarini davom ettirish, aholi turmush darajasini yuksaltirish, shaharsozlik standartlariga javob beradigan, ijtimoiy, arxitektura sohasidagi milliy anʼanalarni saqlaydigan transport va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda infratuzilma shakllantirish maqsadida qabul qilingan qarorga koʻra, tramvay liniyasi buzulib, uning oʻrniga koʻchaning avtomobillar harakatlanuvchi qismi kengaytirildi.
Galereya
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org