Qorasuv kanali




Qorasuv kanali , Oʻngqirgʻoq Qorasuv kanali — Toshkent viloyatidagi kanal. Toshkent viloyat Qib-ray tumani hududida, Oqqovoq-2 GESning pastki byefi oʻng qirgʻogʻidan boshlanadi. Uz. 35 km (shundan 24 km Toshkent shahri hududida), suv oʻtkazish imkoniyati 18m³/sek. Oʻrtacha chuq. 1,5–2 m, eni 10–14 m. Kanalning bosh toʻgʻoniga temir-beton yotqizilgan, 12 m³/sek. suv oʻtkazadi. Qorasuv kanali 4,1 ming ga ekin maydonini, shuningdek, Toshkent shahrining janubi va janubi-sharqini suv bilan taʼminlaydi.

Galereya




Yana qarang




Manbalar





uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz