Qorasoy (tuman)
Qarasay tumani — Almati viloyatining januby qismida joylashgan maʼmuriy hudud. 1928-yil tashkil topgan. Boshlanishida Lenin, keyinchalik (1935-yilgacha) Kalinin, 1935-yildan Qaskelen, 1998-yil sentyabr oyidan boshlab hozirgi nomi bilan nomlana boshladi. Yer maydoni 2,3 ming km. Aholisi 285,943 kishi (2013). Tuman markazi Qaskelen shahri.
Aholisi
Tuman aholisi 2013-yilgi maʼlumot boʻyicha 285,943 kishi, zichligi 1 kmga 124,3 kishidan toʻgʻri keladi. Tuman aholisi asosan tekis hududlarda istiqomat qilishadi. Aholining milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin (1-yanvar 2010-yil):
Katta qishloqlari
Iqlimi
Iqlimi kontinental, qishi ancha yumshoq, yozi issiq. Yanvar oyining oʻrtacha yillik harorati − 6- 9 °C, iyulniki 22-24 °C. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori tekis hududlarda 300–500 mm.
Ijtimoiy soha
Tumanda madaniy va maorif mahkamlaridan 53 kutubxona, 1 muzey, 7 madaniyat uyi, 1 kolledj, 3 kasbiy-texnik maktab, 46 umumiy bilim berish maskani, 2 bolalar bogʻchasi roʻyxatdan oʻtgan. Tibbiyot sohasidan „Sariarqa“, „Alma-Arasan“, „Qargʻali“, davolash joylari, „Orlenok“, „Elektron“ oʻquvchilar lagerlari, „Energetik“ horqiq uyi va oʻquvchilar lagerlari, shuningdek Qaskelen shahar markaziy kasalxonasi, Shamalgʻan qishlogʻi va Shamalgʻan temir yoʻli stansiyasilaridagi qishloq kasalxonalari aholiga xizmat koʻrsatmoqda. Boshqa qishloqlarda 30 qishloq shifokorlik ambulatoriyalar va feldsherakusherlik punktlar bor. Tuman hududi orqali xalqaro ahamiyatga ega Almati — Qaragʻandi — Astana va Toshkent — Chimkent — Taraz — Bishkek — Almati tranzit avtomobil yoʻllari oʻtadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org