Qorasaroy koʻchasi (Toshkent)
Qorasaroy koʻchasi (Toshkent) — Olmozar tumani hududida joylashgan. Toshkentning qadimiy koʻchaparidan biri boʻlib. Abdulla Qodiriy va Chuqursoy koʻchalari oraligʻida hisoblanadi.
Tarixi
Uzunligi 5 km atrofida. Qadimda hozirgi Qumloq bekati atrofida, Sebzor dahasiga qarashli Qorasaroy darvozasi boʻlgan va Nomi shundan olingan Xitoy, Rossiya va Dashti Qipchoqdan Toshkentga kelayotgan va Toshkentdan chiqib ketayotgan savdo karvonlarining asosiy yoʻnalishi shu koʻcha va darvoza orqali oʻtgan. „Qorasaroy“ „buyuk saroy“ maʼnosini anglatadi. Koʻcha qadimda xalq tilida Qorasaroy darvozasi deb yuritilgan 1893-yil. Qorasaroy koʻchasi nomi berilgan.
Binolar
Yoʻnalishida Hazrati Imom majmuasi, Oʻzbekiston musulmonlar idorasi, shahar Sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi, tuman soliq inspeksiyasi, 2-tugʻuruq majmuasi, shahar markaziy yoʻllari va sunʼiy inshoatlarini saqlash, foydalanish va taʼmirlash boshqarmasi, 28-maktab,54-oilaviy poliklinika, yonilgʻi quyish shaxobchasi, „Toshmarmar“ korxonasi, 127-avtokorxona, Qoraqamish va Qichqiriq kanali, „Gʻoyib ota“ qabristoni, savdo va umumiy ovqatlanish shaxobchalari, shaxsiy va koʻp qavatli turarjoy binolari va boshqalar joylashgan. Mustaqillik davrida koʻcha yoʻnalishida keng qamrovli rekonstruktsiya va obodonlashtirish ishlari olib borilgan.
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org