Qoraqolpoq xalq qo'shiqlari




Qoraqalpoq folklorida qoʻshiqlar oʻz ichiga katta bir janrni qamrab oladi. Qoʻshiqlar tematikasi boʻyicha har xil boʻlib, qoraqalpoq xalqining hayotida katta oʻrin tutgan. Ular odam bolasining tugʻilgandan boshlab umrining oxirigacha hayoti va hissiyotlari bilan mustahkam bogʻlanib kelgan.

Folklordagi qoʻshiqlar bilan yozma adabiyotdagi qoʻshiqlarning oʻzaro aloqasi boʻlgani bilan ularni bir-biridan ajratib turadigan xususiyatlari bor. Folklordagi qoʻshiqlarning asosiy xususiyatlari koʻpincha xalq ogʻzaki ijodida avloddan avlodga oʻtib kelgan, xalqning kun koʻrishi, urf-odat va dasturlari bilan uzviy bogʻliq ogʻzaki ijro sanaladi.

Baʼzi bir hollarda yozma kitobiy dostondagi ashulalar, xalq orasiga keng tarqalib, aholi oldida aytilib yurgan ijodkori maʼlum qoʻshiqlar ham xalq ogʻzaki qoʻshiqlariga aylanib ketishi mumkin. Masalan: „Bozatov“, „Oqsungul“, „ Ayjamol“ kabi ashulalar shunga misol boʻla oladi. Shunday qilib umuman xalq qoʻshiqlari deganda ijodkori unutilib ketgan, muxabbatga, mehnatga aloqador ashulalarni, ayrim tarixiy voqeaga aloqador ashulalarni, pand-nasihat, termalarni, beshik kuyi, bolalar ashulalarini, hawjarni, bet ocharlarni, yoʻqlovlarni tushunamiz. Xalq qoʻshiqlariga xalqning ogʻzaki va yozma ijodkori nomaʼlum dostonlardagi qoʻshiqlar yaxliti bilan kiradi. Masalan: „Alpomish“ yoki „G'arib oshiq“ va boshqa dostonlardagi ashulalar shular qatoriga kiradi. Xalq qoʻshiqlari mazmuni va shakli, koʻrkamliligi va oddiyligi bilan ajralib turadi. Xalq qoʻshiqlarining oʻziga xos haqiyqatlikni tasvirlash usuli bor. Masalan, bu ashuladan shuni aniqlaymiz:

Tong sahardan mol haydadim padaga,

Dasta-dasta gul tashladim dalaga

Aytib boring bizning yorga yangajon

Otin tashlab oʻzi kelsin shaharga

— bunday shakl xalq qoʻshiqlarida koʻplab uchrashadi, shunaqa tasvirlash usullar qoraqolpoqlarga tan. Qoraqolpoq xalq qoʻshiqlarini yigʻish 30-yillardan boshlab qoʻlga olingan. 1940-yili O.Kojurov tarafidan nashrga tayyorlangan „Qoraqolpoq xalq tvorchestvosi“ nomli toʻplamida qoraqolpoq xalq qoʻshiqlarinan namunalar bosilib chiqdi. 1951-yili N.A.Baskakov I jildida Qoraqolpoq xalq qoʻshiqlarining koʻp namunalariga xalq orasidan 20-30-40-yillarda yigʻgan materiallarini kiritgan. 50-yillarning boshida qoraqolpoq xalq qoʻshiqlarini tadqiqotlash boʻyicha yangi davr boshlandi. Bu uch tomnan iborat „Qoraqolpoq adabiyoti tarixining ocherklari“ nomli N.Dovqaraevning doktorlik dissertatsiyasi boʻldi. Bu ishning birinchi tomi butunligicha qoraqolpoq xalq ogʻzaki ijodiyotidan olingan edi. N.Dovqaraevning bu mehnatining 1-2-tomlarining qisqacha varianti 1959-yili qoraqolpoq tilida Toshkentda bosildi. N.Dovqaraev asarining toʻliq yigʻindili tomida 1977-yili qoraqolpoq xalq ogʻzaki ijodiyotiga bagʻishlangan ishi qoraqolpoq tilida bosilib chiqdi.

1959-yili Fanlar Akademiyasining tarkibida Qoraqolpogʻiston filialining tuzilishi, uning tarkibida tarix, til va adabiyot institutining tashkillashtirilishi, uning ichida qoraqolpoq folklori sektorining paydo boʻlishi 50-yilning oxiri 60-yilning boshinan boshlab qoraqolpoq folklorini yigʻish, nashr qilish, tadqiqotlash, folklor ilmi sohasida yuqori momonlikdagi mutaxassislarni tayyorlashda yangi davr ochib berdi. Folklorning boshqa janrlar bilan bir qatorda xalq qoʻshiqlarini yigʻish masalasi qattiq qoʻlga olindi. Q.Maqsetov boshchiligidagi Qoraqolpoq folklori sektorining xizmatkorlari Q.Mambetnazarov, N.Kamalov, M.Nizomatdinov, T.Niyatullaev, Oʻ.Erpoʻlatov, Aʼ.Tadjimuratov v.b. folklor namunalarini Qoraqolpog'iston tumanlarida va unnan boshqa yerlarda 1959-yildan boshlab yigʻishga kirishgan.

Folklor sektorining xizmatkorlariga shu vaqtning oʻzida mashhur mavzular ustida ish olib borish, kelajakda kandidatlik dissertatsiya qilib yoqlash topshirildi. Qoʻshiqlar mavzusi ustida Aʼ.Tadjimuratov, N.Kamalov, M.Nizomatdinov urishdan keyingi davrdagi poeziyani, Oʻ.Erpoʻlatov urishdan oldingi poeziyani mavzu etib oldi.

Qoraqolpoq xalq qoʻshiqlarini Aʼ.Tadjimuratov dastur qoʻshiqlaridan boʻlib olib quyidagicha turlarga ajratadi:

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz