Qoraqo‘l




Qoraqoʻl (1889-1921 va 1939-90 yillarda Prjevalsk) — Qirgʻiziston Respublikasi Issiqkoʻl viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Terskay Olatovining shimoliy etagida, Qoraqoʻl daryosi boʻyida. Avtomobil yoʻllari chorrahasi. Aholisi 64,3 ming kishi (1999). 1871-yildan Jetisuv viloyatidagi uyezd shahri. Oziq-ovqat, meva-sharob, gʻalla mahsulotlari, shu jumladan, non, baliq zavodlari, sut, goʻsht kombinatlari va yengil sanoat (poyabzal va tikuvchilik fabrikalari); elektr-texnika zavodi, elektr issiklik markazi, aeroport bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi (temir-beton qorishmalari, gʻisht-shagʻal zavodlari). Pedagogika instituti, Issiqkoʻl universitetining oliy iqtisod kolleji, oʻlkashunoslik muzeyi mavjud. Q. atrofida "Oqsuv" va "Jetioʻgʻiz" balneologik kurortlari joylashgan.

uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz