Qoraqobiq




Qoraqobiq , qoraqovuq — chuchmomadoshlarga mansub koʻp yillik piyozli dorivor oʻsimliklar turkumi. Oʻzbekistonda Seversev Q.i yoki Q. turi oʻsadi. Piyozi tuxumsimon, usti qora poʻst bilan oʻralgan. Piyozidan uz. 20 sm, eni 1,5 sm cha barglar oʻsib chiqash. Iyunning oxi-rida barglari qurib, avgustda bargsiz soyabon toʻpgulli poya hosil qilali. Gullari voronkasimon, sargʻish-qizil. Urugʻi qora, jigarrang. Toshkent viloyatining Sijjak, Burchmulla, Chimyon, Zarkent qishloqlari atroflarida, Qorjantov, Chatqol tizma togʻlarining toshli va shagʻalli yonbagʻirlarida 1700–1900 m balandliklarda oʻsadi. Piyozi, bargi va urugʻidan 12 xil alkaloid ajratib olingan.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz