Qoraqiyasoy rasmlari




Qoraqiyasoy rasmlari - Qor jontovning jan. yon bagʻridagi soyning chap qirgʻogi qoyatoshlariga ishlangan tasvirlar; Toshkent shahridan shim.sharq-da. 1974-yilda arxeolog A.Kabirov topgan; 1981—82 yillarda arxeolog M.Xoʻjanazarov ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan. 1500 dan ortiq rasmlar tosh, metall va qattiq buyumlar bilan oʻyibchoʻkichlab ishlangan boʻlib, ishlash uslublari xilma-xil. koʻproq soya uslubi qoʻllanilgan. Eng qad.si 2-ming yillikka, keyingilari miloddan avvalgi 7—1-asrlarga mansub; ular orasida ilk va soʻnggi oʻrta asrlarga oidlari ham bor. Odam, buqa, it, boʻri, ohu, choʻchqa, togʻ echkisi, bugʻu, tuya, tulki va boshqa hayvonlar. shuningdek, qad. 5 ta arava, chavandoz, oʻq-yoy ushlab turgan mergan, tuyani yetaklagan yoki mingan odamlar mahorat bilan chizilgan. Oʻzbekiston hududida ilk bor jez davriga oid 5 ta arava tasviri topilgan, ularning 4 tasiga otlar qoʻshilgani aniq, bit-tasigina otsiz tasvirlangan. Qoraqiyasoy rasmlarida hayvonlar (buqa, choʻchqa, togʻ echkisi, ohu va boshqalar)ni itlar ishtirokida oʻq-yoy bilan yakkama-yakka va koʻplashib ov qilish holatlari aniq tasvirlangan. Alohida holda oʻq-yoy, hanjar, egri va toʻgʻri qilich, arqon va qopqonlarning tasvirlari ham chizilgan. Kun-dalik hayotdan olingan manzaralar koʻplab uchraydi.

Qoraqiyasoy rasmlari Oʻrta Osiyo xalqlarining qad. tarixi, madaniyati, sanʼati tarixini oʻrganishda muhim ahamiyatga ega.

Ad.Xujanazarov M., Naskalnie izobrajeniya Xodjakenta i Karakiyasaya, Samarqand, 1995.

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz