Qoraqamish koʻchasi (Toshkent)




Qoraqamish koʻchasi  — Toshkent shahridagi Olmazor tumanida joylashgan. Sagʻbon va Muxbir koʻchalari oraligʻidagi joylashgan.

1966-yilda Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan kuchli zilzilasidan soʻng aholini turay joy bilan taʼminlash maqsadida tashkil etilgan hududlardan biri. 1971-yilga kelib yangi tashkil topgan koʻcha sifatida 2-Qoraqamish nomi berilgan. 1978-yilning 15-sentabrga kelib C.Ziyomov koʻchasi deb nomlangan. 2008-yil 9-iyundan boshlab hozirgi kungacha Qoraqamish koʻchasi deb yuritib kelinmoqda.

Qoraqamish koʻchasi yoʻnalishida hozirgi kungacha Qoraqamish 1, 2/2, 2/5 turar joy mavzelari, Qoraqamish kanali, Mehnat va urush faxriylari pansionati, tuman obodonlashtirish boshqarmasi, savdo ma umumiy ovqatlanish shohobchalari, madaniyat va istirohat bogʻi, koʻp qavatli turar joy majmualari va boshqalar joylashgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz