Qoraqamish
Qoraqamish — Toshkent shahrida joylashgan Sobir Rahimov tumanidagi turar joy dahasi. T.Gornadze, T.Kurdiani, D.Karimova va boshqalar loyihasi asosida 1966-yil qurilish ishlari boshlangan. Loyiha kompozitsiyasida shahar transporti, savdo shoxobchalari, maishiy xizmat korxonalari va muassalari bilan mos va qulay joylashishi koʻzda tutib oʻtilgan. Qoraqamish, Sagʻbon, Keles yoʻli va boshqa koʻchalari asosiy koʻchalari hisoblanadi. Qoraqamish hududida Qoraqamish dehqon bozori, savdo va ovqatlanish majmualari, supermarketlar, maktab va maktabgacha taʼlim muassasalari, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari, restoran va kafelar, maʼmuriy binolar joylashgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org