Qoraqalppoq Davlat Qo'g'irchoq Teatri




Qoraqalppoq davlat qoʻgʻirchoq teatri - 1990-yil tashkil topgan. Teatr "Oriq mergan" (K.Karimov) spektakli bilan ochilgan. 1991-yil Samarqandda oʻtkazilgan festivalda teatr "Oriq mergan" va "Oq takacha bilan koʻk takacha" spektakllari, 1993-yil Andijon festivalida "Kerak boʻlganing kerak", 1995-yil Toshkent festivalida "Bedana va tulki", 2000 y: Samarqand festivalida "Shum eshak" kabi spektakllari bilan qatnashib, sovrinli oʻrinlar egalladi. 2001-yil Toshkentda oʻtkazilgan "Qoraqalpogʻiston madaniyat kunlari"da teatr "Oʻgʻirlikning oxiri xoʻrlik" spektakli bilan qatnashdi. P.Aytmurotovning "Otam aytgan afsona" asari asosida ishlangan tomoshabop, serzavq tomosha keyingi yillar ishlangan eng yaxshi spektakllardan. Jubandiq Ibragimov, Roza Piyozova, Qurbongul Saparbayeva, Oybek Yesimbetov, Qublonbek Qalilayev, Berdimurod Yusupov va boshqa teatrning yetakchi aktyorlaridir. Bosh rejissyori va badiiy rahbari M. Zamatdinov.



uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz