Qoraqalpoq universiteti
Koordinatalari: 42°27′9.6000000011986″N 59°37′35.900000000392″E / 42.452666666666999618°N 59.62663888888899777°E / 42.452666666666999618; 59.62663888888899777 G O
Qoraqalpoq davlat universiteti , Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti — Qoraqalpogʻistondagi eng yirik oliy oʻquv yurti. Ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydi. 1976-yil Nukus shahrida Qoraqalpoq pedagogika instituti (1934-yil asos solingan) negizida tashkil etilgan. 1992-yil 26 yanvarda Berdaq nomi berilgan. Universitetda 16 fakultet (matematika, fizika, kimyo, iqtisodiyot, moliya, xorijiy tillar, muhandislik-qurilish, yuridik, tabiatshunoslik, musiqa va jismoniy tarbiya, tarix, filologiya, magistratura, sirtqi tabi-iy-iqtisod, sirtqi gumanitar, maxsus sirtqi) va bir boʻlim (jurialistika), 49 kafedra. 30 dan ortiq oʻquv va ilmiy laboratoriya bor. Universitetda pi-leokonferensiya oʻtkazishga moʻljallangan "Lektor" tizimi oʻrnatilgan. Shuningdek oʻquv, ilmiy, oʻqitish jarayonini texnik taʼminlash, iqtidorli talabalar bilan ishlash, xalqaro aloqalar, marketing xizmati, monitoring boʻlimlari, malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash, oʻquv-metodik, test, ilgʻor pedagogik texnologiyalar, axborot informatsion texnologiyalar va masofadan oʻqitish, mintaqaviy til oʻrganish, maʼnaviyat va maʼrifat, Oʻzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti markazlari, bahs-munozara klubi faoliyat kursatadi. Universitetda sanatoriy-profilaktoriy, "Umid" sport sogʻlomlashtirish orom-gohi, oʻquv-amaliyot bazasi, 26 kompyuter sinfi, Berdaq milliy muzeyi, arxeologiya, botanika va zool. muzeylari, madaniyat saroyi, tennis korti. sport majmuasi, amfiteatr, "Xurlimon" ansambli, teatr-studiya. biznes maktabi, 3 akademik litsey, yuridik klinika mavjud. Asosiy kutubxonasida 470 mingdan ziyod asarlar saqlanadi. Universitet 36 taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar, 26 ixtisoslik boʻyicha magistrantlar tayyorlaydi. Universitetda 8 mutaxassislik boʻyicha aspirantura (1978-yil tashkil etilgan), 2 mutaxassislik boʻyicha doktorantura (1993-yil tashkil etilgan) faoliyat koʻrsatadi. 2004/2005 oʻquv yili universitetda 6875 talaba taʼlim oldi, 462 oʻqituvchi va ilmiy xodim, jumladan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining 3 akad., 22 fan doktori va professor, 163 fan nomzodi va dotsent ishladi. 2000—2004-yillar chet el grantlari asosida 147 ming AQSH dollari miqdorida ilmiy tadqiqotlar ishlari bajarildi. Universitet bir qancha xorijiy davlatlarning nufuzli universitet, institutlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. Universitet faoliyati Ch.A.Abdirov, M.K.Nur-muhamedov, K. M. Mambstov. S.K.Kamolov, Q.Oʻteniyozov, J. B. Bozorboyev. A.D .Davletov. T.B.Yeshchanov, H. Hamidov. A.Baxiyev. T. Izimbetov. X. Bobojonov, A.Bekbasov. J. Matmuratov, J.Qutlimuratov. A.Otarov, L.B.Xvan, Yu.Paxratlinov, Q.A. Ismoilov, N.U. Uteuliyev. B.J.Matmuratov. K.Zaretdinov. Ye.Bijanov. S. Qosbergenov, Ye.D. Qoʻtiboyeva va boshqa prof. oʻqituvchilar nomi bilan bogliq. Universitet tashkil topgantan beri 2005-yilgacha 20 mingdan ortiq mutaxassis tayyorladi.
Universitetda "Qoraqalpoq universiteti" gazetasi chiqali Universitet uzining kichik bos-maxonasiga ega boʻlib, unda professor oʻqituvchilarning ilmiy asar va oʻquv metodik adabiyotlari chop etiladi.
uz.wikipedia.org