Qoraqalpoq adabiyoti
Qoraqalpoq adabiyoti (qoraqalpoqcha: Qaraqalpaq ádebiyatı) – qoraqalpoq xalqi yoki boshqa millat vakillarining qoraqalpoq tilida ijod qiladigan adabiyoti.
Qadimiy va boy tarixga ega qoraqalpoq folklorining asosini lirik va epik asarlarning barcha turlari tashkil etadi. Lirik janr asarlariga xalq, marosim qoʻshiqlari (yor-yor, haujar, juqlov, yaramazon, gulapsan va boshqalar), aytis (aytishuv, qoʻshiq-bellashuvlar), matal va maqollar, masallar, tez aytish; epik janr asarlariga ertak, tulgov, terma, dostonlar kiradi.
Dostonlar qoraqalpoq folklorining asosiy janri boʻlib, 4 tur (qahramonlik, lirik, ijtimoiy-maishiy, tarixiy dostonlar)ga boʻlinadi. Qoraqalpoqlarda keng tarqalgan doston „Alpamish“ dostoni. Shuningdek, „Edige“, „Qublon“, „Qirq qiz“ dostonlari mashhur.
Qoraqalpoq mumtoz adabiyotining yirik namoyondasi shoir Jien jirovning (1730-1784) faoliyati muhim ahamiyatga ega. Oʻzining „Ulugʻ togʻ“, „Pusgan el“ dostonlarida qoraqalpoqlarning Xorazmga koʻchib kelishiga shoirning yana bir „Xush boʻling, doʻstlar“ sheʼri bagʻishlangan. Yana bir shoir Kunxoʻja sheʼrlarida oʻzi yashagan davrdagi xalq hayotini tasvirlagan. Ajiniyozining ijodi 19-asrda ijod qilgan qoraqalpoq shoirlari yetakchi oʻrinni egallaydi. Uning asarlari alohida toʻplamlar sifatida qoraqalpoq, o'zbek, qozoq va rus tillarida chop etilgan. Berdaq shoirning lirik, satirik, didaktik sheʼrlari, tarixiy dostonlari diqqatga sazovor. Shuningdek, Otesh Alshinbay oʻgʻli (1828-1902), Qulmurot Qurbon oʻgʻli (1845-1926), Omar Sugirimbet oʻgʻli va boshqa shoirlarning sheʼr, doston va boshqa asarlari qoraqalpoq adabiyoti tarixida munosib oʻrin egallaydi.
20-asr boshlarida qoraqalpoq adabiyotida sheʼriyat yetakchilik qildi. Hozirgi zamon qoraqalpoq adabiyotining asoschilari A.Musayev, S. Majitov, K. Avezov, K. Yormanov, I. Fozilov, N. Dovqorayev, A. Begimov, J. Aymurzayev, D. Nazberganov, M. Daribayev, A. Shomuratov, S. Qurboniyozov va boshqalarning ijodida madaniyat va maʼrifat, ta'lim, mehnat, tabiat, xalqlar doʻstligi, ayollar tengligi va boshqa umuminsoniy masalalar asosiy mavzulardan biri boʻldi.
20-asrning 20-40-yillaridagi qoraqalpoq adabiyotida Qozi Maulik Bekmuhammad oʻgʻli (1885-1950), A. Dabilov, S. Nurim- betovlar ijodida xalq ogʻzaki ijodining boy anʼanaviy merosi keng tasvirlangan. 1940-1945-yillarda qoraqalpoq adabiyotida tashviqot-targʻibot yoʻnalishidagi publistik asarlar bilan feleton, ocherk, qisqa hikoyalar yaratila boshladi.
1960-1980-yillarda qoraqalpoq dramaturgiyasida P. Tulegenovning „Onalar“, „Koʻlanka“, „Inson taqdiri“, J. Aymurzayev-ning „Berdaq“, „Qadrdon doktor“, S. Hojaniyozovning „Suymaganga suykanma“, „Ahmoq podsho“ pyesalari muhim ahamiyat kasb etadi.
1970-1980-yillar dramaturgiyasida teatr sahnalarida qoʻyilgan K. Rahmonovning (1942-2002) „U dunyoga taklif“ tragiko- mediyasi, „Injiqning muhabbati“ komediyasi, I. Yusupovning „Ajiniyoz“ operasi librettosi yangi muhim hodisa sifatida tan olindi. 1970-1980-yillardagi qoraqalpoq prozasi G. Yesemuratova, U. Pirjanov, A. Atajonov, J. Seytov, S. Bahodirova, X. Hamidov, K. Mambetov, O. Bekbaulov, I. Qurbonboyev, S. Soliyev, M. Qayipov kabi yozuvchilar bilan boyidi. Hozirgi zamon qoraqalpoq prozasining rivojlanishida T. Qayipbergenovning ijodi alohida oʻrin tutadi.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Qoraqalpoq adabiyoti Qoraqalpoq xalqining madaniy merosi va ijodiy faoliyatining muhim qismi hisoblanadi. U asosan qoraqalpoq xalqining tilida yaratilgan adabiy asarlar to‘plamidan iborat bo‘lib, xalqning tarixiy hayoti, urf-odatlari, ideallari va dunyoqarashini aks ettiradi.
Qoraqalpoq adabiyoti qadimiy xalq og‘zaki ijodiyoti asosida shakllangan. Og‘zaki ijodiyot doirasida xalq dostonlari, qo‘shiqlari, afsonalar va ertaklar muhim o‘rin tutadi. Masalan, “Alpomish” dostonining qoraqalpoq variantlari qahramonlik va adolat mavzularini aks ettiradi.
Adabiyotning yozma shakli XVIII-XIX asrlarda paydo bo‘la boshlagan. Bu davrda qoraqalpoq tilida ilk yozma asarlar yaratilgan. XX asrda qoraqalpoq adabiyoti yanada rivojlandi va ko‘plab yozuvchilar, shoirlar faoliyat yuritdi. Ulardan Baxtiyor Xo‘jayev, Erkin Vahidov kabi nomlarni misol keltirish mumkin.
Qoraqalpoq adabiyotining asosiy janrlari qatoriga she’riyat, qissa, doston, roman va drama kiradi. Ularning barchasi milliy o‘zlikni saqlash va xalqning ma’naviy dunyosini boyitishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mustaqillik davrida qoraqalpoq adabiyoti yangi bosqichga ko‘tarildi. Yozuvchilar zamonaviy mavzularni, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘z asarlarida keng yoritishga harakat qilishdi.
Shu bilan birga, qoraqalpoq adabiyoti xalq o‘rtasida til madaniyatini rivojlantirish, ma’naviy tarbiya berish va milliy o‘zlikni saqlashda muhim vosita hisoblanadi. Bugungi kunda qoraqalpoq adabiyoti doimiy ravishda yangilanib, yangi avlod yozuvchilarining ijodi bilan boyib borayotir.