Qoraqalpog`iston respublikasi vazirlar kengashi
Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi — Qoraqalpogʻiston hukumati mamlakatning ijro etuvchi organi hisoblanadi.
Qoraqalpogʻiston respublikasi vazirlar kengashi - Qo raqalpogʻiston Respublikasi hukumati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat hokimiyatining oliy ijro etuvchiboshqaruvchi organi. Qoraqal-pogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Ken-gesi tomonidan tuziladi, uning oldida masʼul va unga hisob beradi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining taq-dimiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilib, Joʻqorgʻi Kenges tomonidan tayinlanadigan Rais boshqaradi. U oʻz lavozimi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi.
1998-yil 29 yanvar yangi tahrirda qabul qilingan "Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi toʻgʻrisida"gi qonunga muvofiq, Vazirlar Kengashi: Qoraqalpogʻistonda iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy jarayonlarni boshqaradi, mulkchilikning barcha shakllarini uygʻunlashtirish va ularning tengligi, bozor iqtisodiyotining huquqiy qurilishini roʻyobga chiqarish asosida erkin tadbirkorlik uchun shart-sharoitlar yaratadi, xoʻjalik yuritishning yangi shakllarini barpo etishga va mustahkamlashga koʻmaklashadi. Pul-kredit tizimini mustahkamlash chora-tadbirlarini koʻradi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetini, shuningdek, respublikada iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqbollarini va eng muhim dasturlarini ishlab chiqishni va ularning ijrosini tashkil etadi, boshqaruv idoralari tizimini takomillashtiradi, har xil vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralari va xoʻjalik tuzilmalarini tashkil qilish va tugatish toʻgʻrisida respublika Joʻqorgʻi Kengesiga takliflar beradi; fan va texnikani rivojlantirish choratalbirlarini, shuninglek, tabiiy boyliklarni muxrfaza etish, ulardan samarali foydalanish boʻyicha dasturlarni amalga oshiradi; fuqarolarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilish, ularning mehnat qilish huquqlarini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi, ijtimoy taʼminot tizimini takomillashtirish, sogʻliqni saqlash, xalq talimini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi, madaniyatni rivojlantirishga yordamlashadi; respublika davlat xav-fsizligini taʼminlash, Oʻzbekiston Rsspublikasining davlat chegaralarini qoʻriqtash, jamoat tartibini saqlash tadbirlarini amalga oshirishga koʻmaklashadi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan yirik ekologik dastur.targa oid ishlarni muvofiqlashtiradi. tabiiy ofatlarning oqibatlarini bartaraf etish choratadbirlarini koʻradi. Oʻzbekisgon Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunlariga muvo-fiq hukumatlararo shartnomalar, bitimlar tuzadi va amalga oshiradi.
Vazirliklar
Qoʻmitalar
Idoralar
Agentliklar
Xalq Komissarlari Soveti / Vazirlar Kengashi raislari
Manbalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi — bu Qoraqalpog‘iston Respublikasining ijroiya hokimiyati organi bo‘lib, u Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida davlat boshqaruvini amalga oshiradi. Vazirlar Kengashi respublika hukumatining asosiy ijro etuvchi organi hisoblanadi va u mahalliy qonunlar, respublika Konstitutsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq faoliyat yuritadi.
Tashkiliy tuzilmasi va tarkibi
Vazirlar Kengashi tarkibiga rais (vazirlar kengashi boshlig‘i), bir yoki bir nechta o‘rinbosarlar, shuningdek, turli vazirliklar va idoralar rahbarlari kiradi. Rais va uning o‘rinbosarlari, shuningdek, kengash a'zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Vazifalari
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida davlat siyosatini amalga oshirish va boshqarish;
- Hududiy iqtisodiyot, ijtimoiy soha, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ichki tartib va boshqa sohalarni rivojlantirish masalalarini hal qilish;
- Respublika byudjeti va moliyaviy masalalarni boshqarish;
- Mahalliy hokimiyat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
- Fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoyalash va ta’minlash bo‘yicha ishlash.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining o‘rni va ahamiyati
Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘ziga xos milliy va iqtisodiy imkoniyatlarini samarali boshqarish, hududiy rivojlanishni ta’minlashda Vazirlar Kengashi muhim rol o‘ynaydi. U respublikaning mahalliy manfaatlarini himoya qilib, O‘zbekiston Respublikasi bilan yaqindan hamkorlik qiladi.
Agar sizga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi haqida yanada aniqroq ma’lumot yoki uning joriy tarkibi bo‘yicha ma’lumot kerak bo‘lsa, so‘rashingiz mumkin.