Qoraqalpog`iston Respublikasi O`lkashunoslik Muzeyi




Qoraqalpog‘iston o‘lkashunoslik muzeyi ( hozirgi nomi Qoraqalpog'iston Respublikasi Tarixi va Madaniyati muzeyi) nafaqat Amudaryoning quyi oqimi va Orol dengizi, balki butun O‘rta Osiyodagi eng qadimiy ilmiy-ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi.

Tarix



Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyining koʻrgazmasi ilk marotaba 1929-yil Qoraqalpogʻiston Respublikasining birinchi poytaxti Toʻrtkoʻl shahrida tashkil etildi. Ushbu muzeyni tashkil etishda fidokorona xizmat koʻrsatgan insonlar E.Doʻsnazarov, G.Ubaydullaev, N. V. Torchinskaya, N.Baskakov, Q.Ayimbetovlar boʻladi.
Amudaryo suvining toshib ketishi natijasida muzey 1944-yil Nukus shahriga koʻchirilgan. Shu davrlarda muzeyga tashrif buyurgan Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Prezidenti, akademik T. N. Qori-Niyozov rahbarligida akademik Oybek (Muso Toshmuxamedov), akademik V.Vohidov kabi Oʻzbekistonning bir guruh olimlar va Rossiya davlatidan tashrif byyurgan olimlar S. P. Tolstov bilan T. A. Jdankolar oʻzlarining muzeydan olgan taʼssurotlarini yozib qoldirgan.

1959-yili Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpogʻiston filiali tashkil topgandan keyin muzey filial tasarrufiga oʻtkaziladi. 1965-yili muzey shahar markazida joylashgan ikki qavatli binoga koʻchiriladi. Muzey kollektsiyasida zargarlik, arxeologiya, hunarmandchilik, amaliy sanʼat, tabiat, XX asrga tegishli boʻlgan maʼlumotlar, Qoraqalpogʻistonda Orol buyida ijod qilgan rassomlarning tasviriy sanʼat asarlari saqlanadi. Muzey oʻz ijodiy tarixi davomida qoraqalpoq xalqining boy tarixini va sanʼatini, tabiatini keng ommaga tadbiq etib kelmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11 dekabrdagi 975–sonli qaroriga asosan muzeyimiz Qoraqalpoq ulkashunoslik muzeyi nomidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi nomiga oʻzgartirildi. Shuningdek ushbu qaror asosida Moʻynoq tumani „Ekologiya“ muzeyi va Ellikqal’a tumani „Arxeologiya“ muzeylari filial sifatida joriy etildi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi filiali Moʻynoq tumani ekologiya muzeyi 1980-yili tashkil etilgan, dastlab muzey fondida sanoqli eksponatlar boʻlib, bugungi kunga kelib muzey fondi yangi eksponatlar bilan boyitib kelinmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-fevraldagi „Qoraqalpogʻiston Respublikasi Muynoq tumanini 2017-2018-yillarda iqtisodiy rivojlantirish va aholisi bandligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar tugʻrisida“gi PQ-2803-sonli qarori asosida Muynoq tumani va Orol dengizi atrofida turistlarni keng jalb qilish, shuningdek uning uzoq utmishdagi tarixi, tabiati va undagi hayvonot va usimlik dunyosi, tuman xalqining urf odatlarini muzey ekspozitsiyasi orqali keng ommaga yetkazib berish maqsadida muzeyning yangi binosi qurib bitkazildi.
Muzeyning yangi Kontseptsiyasi ishlab chiqilib, ekspozitsion koʻrgazma zali tashkil etilib, joriy yilning 20-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktabrdagi 07/1-426-sonli bayoni asosida „Orol baliqlaridan 99 turli taom“ halqaro gastronomik festivali doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixi va madaniti davlat muzeyining filiali Moʻynoq tumanidagi „Ekologiya muzeyi“ ochilish maʼrosimi boʻlib oʻtdi.

Hozirda muzey fondida jami 300 ga yaqin eksponat boʻlib, muzeyning koʻrgazma zali orqali tashrif buyurgan tomoshabinlar Orol dengizining oʻtmishi va bugingi xayoti xaqqida, flora va faunasi, Muynoq tumanida baliqchilikning rivojlangani, Baliq konserva zavodi faoliyatiga oid foto lavhalar, rangtasvirchi rassomlar „Orol Kuychisi“ deb tanilgan F.Yu. Madgazin va R.Matevosyan ijodlariga mansub asarlarni koʻrishi mumkin.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi Ellikqal’a tumani filiali 1989 yili Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻlkashunoslik muzeyi boʻlimi sifatida tashkil etilgan.

Bugungi kunda muzey ekspozitsiya zalidan Tuproqqal’a, Ayozqal’a, Guldursinqal’a kabi tarixiy obidalardan topilgan 3000 dan ziyod qadim Xorazm va Qoraqalpogʻiston tarixiga oid noyob eksponatlar, mahalliy xalqlar etnografiyasi va amaliy sanʼatiga oid buyumlar oʻrin olgan.

Hozirgi kunda muzeyda 2500 ta eksponat bor.

Muzey qadimiy hayvonlar va oʻsimliklarning toshga aylangan qoldiqlari, Orolboʻyining nodir va yoʻqolib ketgan qushlari va hayvonlari toʻldirilgan. Ular orasida „Soʻnggi Turon yoʻlbarsi“ koʻrgazmasi oʻziga xosdir. Eng oxirgi Turon yoʻlbarsining tulumi 1980-yilda muzeyga sovgʻa qilingan. Tulum taxidermist M. Zaslavskiy tomonidan toʻrt yil davomida tiklangan.

Filiallari



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktyabrdagi 07/1-426-sonli bayonnomasi asosida oʻsha yilning 20-oktyabrida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tarixi va Madaniyati muzeyining Moʻynoq filiali „Ekologiya muzeyi“ ochildi. Ekologiya muzeyi ekspozitsiyasi Orol dengizi muammosiga bagʻishlangan. Unda oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlari, xalq amaliy sanʼati eksponatlari, milliy kiyim-kechak va hunarmandchilik buyumlari, „Moʻynoq“ baliq zavodi mahsulotlari namunalari, shuningdek, dengizning ulugʻvorligi davrini aks ettiruvchi fotosuratlar va kartinalar taqdim etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-dekabrdagi „2017 — 2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha komleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida“gi 975-son qarori bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tarixi va Madaniyati muzeyi filiali, Ellikqalʼa tumanidagi arxeologiya va tarix muzeyi oʻz faoliyatini toʻxtatib, uning oʻrnida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tarixi va Madaniyati muzeyining Ellikqalʼa filiali tashkil etildi. Muzeyning koʻrgazmalar zali ikki boʻlimdan iborat: arxeologiya va xalq amaliy sanʼati. Muzeyda 2500 dan ortiq eksponatlar mavjud.

Muzey kolleksiyasi



Bugungi kunda muzey 4 ta boʻlim – tabiat, arxeologiya, etnografiya va zamonaviy tarixdan iborat.

Hozirda kolleksiyalarda 80 mingdan ortiq eksponatlar mavjud boʻlib, ulardan 430 ga yaqini noyob hisoblanadi. Muzeyning eksponat turlari boʻyicha kolleksiyasi 7 fondga boʻlingan: qimmatbaho metallar, etnografiya, zamonaviy tarix, tabiat, arxeologiya, fotosuratlar va fotografik negativlar, hunarmandchilik buyumlari. Muzeyning Moʻynoq va Ellikqal’a tumanlarida ham 2 ta filiali mavjud.

Koʻrgazmada arxeologiya, etnografiya, tabiat va zamonaviy tarix mavzulariga oid eksponatlar oʻrin olgan.

Etnografiya boʻlimida qoraqalpoq milliy liboslari, zargarlik buyumlari, uy bezaklari, gilamlar, anʼanaviy cholgʻu asboblari, shuningdek, zirh va ot jabduqlari namoyish etilmoqda.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi ekspozitsiya zali arxeologiya, etnografiya, tabiat va yangi tarix boʻlimlaridan iborat. Etnografiya boʻlimining ekspozitsiya zalida qoraqalpoq halqining milliy kiyimlari, taqinshoqlari, oʻtov bezak buyumlari, milliy cholgʻu asboplar va otning bezak buyumlari ekspozitsiyaga qoʻyilgan. Qoraqalpoq halqining zargarlik buyumlari oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. Ular kumushdan, qimmat baholi serdolik, feruza va marjonlar bilan bezatilgan.

Arebek  – burun qismiga taqiladigan taqinchoq boʻlib, dumaloq shaklga ega. Qalin tilla yoki kumush simdan yasalib, oʻrtasida spiralsimon simdan ishlangan ulagichi boʻlib, mayda sharchalar va turli hajmdagi munchoqlar bilan bezatilgan. Bu taqinchoqni ayollar koʻpincha burunning oʻng qismiga taqib yurishgan. Zargarlik buyumlari orasida eng mashxurlari „Ziraklar“, chunki ular barcha ayollarning kundalik bezak buyumlari boʻlgan va ular turli xil shakillar bilan ajralib turgan. Ziraklar oʻz shakliga qarab turlarga boʻlingan.

Xalqapli zirak  – uzun zanjirga egaligi bilan ajralib turgan. Zanjir bir sirgʻani ikkinchisi bilan bogʻlab turgan va ikki quloqqa zanjirini iyak ostidan oʻtkazilgan holda taqishgan. Zanjir asosan romb koʻrinishidagi osma bezaklardan, ayrim hollarda esa yaproqchalar va mayda sharchalar iborat boʻlgan. Bunday sirgʻalarni balogʻat yoshiga yetgan qizlar 12 yoshdan boshlab turmush qurgunlariga qadar taqib yurishgan. Turmush qurgach esa, zanjiri olib tashlanib, sirgʻaning oʻzi taqib yurilgan.
Xaykal - kumushdan turli shakllarda ishlangan kӯkrakka taqiladigan bezak buyumi xisoblanadi. U xar xil rangli, yapaloq shakldagi toshlar (serdalik, marjon), mayda kumush zanjirlar, qӯngʻiroqchalar bilan bezatilgan. Ularni odatda, turmushga chiqmagan qizlar, baʼzan esa yosh kelinchaklar farzandli bӯlgunlariga qadar taqishgan.

Xaykel  – murakkab konfiguratsiyaning yuqori qismidan va zanjirlar, plitalar, barg shaklidagi marjonlarni va qoʻngʻiroqlardan iborat tekis koʻkrak bezaklari. Yuqori massiv qismda Qur’ondan parchalar yoki afsunlar uchun sumka mavjud edi. Korpusning old tomonida karnelian yoki qizil oynali uchdan beshgacha baland ramkalar mavjud. Haykelning yuqori qismi yuqoriga va pastga egilgan juft shoxlar shaklida shakllangan. Xaykel oʻzining asosiy shakllarini qadimgi davrlarda olgan, ammo u xalqning madaniy xotirasida barqaror saqlanib qolgan. Qadimgi kult bilan bogʻlangan bu bezak qoraqalpoq xalqining shakllanishi davrida qoraqalpoqlarga aylanib, bugungi kunda qoraqalpoq milliy anʼanalarining oʻziga xos timsoli boʻlib qolmoqda.

Qosh bilak uzuk  – kumushdan yasalgan juftlangan ayollar bilaguzuklari. Ularning yuzasi ikki qismga boʻlingan, har birida bir nechta karnelian qoʻshimchalari mavjud. Bilaguzuklarning tishli uchlari yopiq emas. Har bir bilaguzukga ikkita halqa zanjirlar bilan biriktirilgan, ular ham katta karnelian bilan qoplangan.

Kiymeshek  – qoraqalpoq yollarining ӯziga xos kiyimlarining biri bӯlib, uni ayollar turmishga chiqkannan sung bir umr kiyishgan. Qoraqalpoqlarda kiymeshekning ikki turi mavjud boʻlib, bular aq kiymeshek – yoshi katta ayollar bosh kiyimi va qizil kiymeshek – yosh va oʻrta yosh ayollar kiyimi. Qizil kiymeshek – oʻziga xos bosh yopinchigʻi boʻlib, yuz qismi ochiq qoldirish uchun kesik mavjud. U ipak yoki yarim ipak matodan (pashshayi, kam hollarda qizil baxmal) tikilgan katta toʻrtburchak – orqa qismdan hamda ostki (dum) qismi – quyriq dan iborat. Qirralarida qizil va qora matoga rangli iplar yordamida geometrik naqshlar solingan zanjir kashtalar tikilgan. Ostki ikki yon tomonida ishlangan bunday naqshli qatorlar toʻq qizil va yashil burama ipakdan ishlangan popuklar bilan yakunlanadi. Kiymeshekning old qismi - kiymeshek aldi – kesik uchburchak shaklida boʻlib, boʻyin va koʻkrak sohasini bekitib turadi. Yuz qismida qizil matodan (qizil ushigʻa) katta teshigi boʻlib, yuz qismi ochiq qoldirilgan. Kiymeshekning bu qismi kashtaga juda boy. Koʻkrak qismida, uchburchak oʻrtasida uning ikki yon tomonidagi tarmoqlari boʻylab choʻzilgan qora matoga gorizontal yoʻnalishda geometrik va zanjir tikishli naqsh tushirilgan. Kashta butunlay old qismini va yuz qismidagi kesma atroflarini qoplab olgan.

Jegde  – qoraqalpoq ayollarining yengil va chiroyli kiyimlaridan hisoblanadi. Jegdening yenglari uzun bӯlib, u qulga kiyilmay, bir-biriga bogʻlanadigan iplari bilan biriktirilib, orqaga tashlanadi. Jegde ikki rangda bӯlib, qizlar va yosh kelinlar yoqa qismi kashtalangan qizil rangli ipak jipek jegde kiyishgan boʻlsa, katta yoshdagi ayollar oq rangli jegde kiyishgan. Bunday jegdelar oq rangli paxta yoki boʻz matosiga ipak iplar yordamida geometrik naqshlar tushirish orqali bezalib, kesteli jegde deb ham yuritilgan. Aq jegde qoraqalpoq ayollarining nisbatan qadimiyroq kiyimi boʻlib, yon tomonlari keng bichimga ega. Aq jegdega hech qanday zargarlik bezak buyumlari taqilmaydi. Yoqasi ӯz oldiga alohida kashtalanadi. Aq jegdening ӯziga xos naqsh kashtalash usuli bӯlib, oq rangga mos keladigan qizil, sariq, yashil, jigarrang turdagi iplar bilan kashtalanadi.

Koʻk koʻylak  – Qoraqalpoq xalq kashtachilik hunarining ajoyib namunalaridan biri. U kelinchak tӯy libosi yoki yosh ayolning bayram-tantanalar libosi hisoblanadi. Kok koylek xalq orasida „Bӯyoq kӯylak“ deb ham yuritiladi. Naqshlari yoqadan boshlanib, kӯylakning old qismi etagiga va ikki yengining pastigacha kashtalangan. Dengiz qirgʻoqlarida istiqomat qilgan va u tomonlardan qir-adirlarga kӯchib kelgan odamlar kok koylek naqshlarini „sovut naqsh“ deb ataydilar. „Sovut naqsh“ atamasi qoraqalpoqlarning ota-bobolari Orol dengizi bӯyida yashagan sak-massagetlar bӯlganligi sabab, bu xalqning ayollari ham otga minib, yigitlar qatori dushmanga qarshi janglarda qatnashgan. Shu sabab janglarda sovut kiygan qizlarning jangovarligiga, mardligiga bagʻishlab kok koylekdagi naqsh nomi „sovut naqsh“ deb atalgani bejiz emas. Buning misoli sifatida „Qirq qiz“ dostonini keltirish mumkin. Kok koylek oʻziga xosligi bilan boshqa kiyimlardan ajralib turadi. U koʻk rangga boʻyalgan paxta matosidan tikilgan. Koʻylakning old qismi toʻlaligicha kashtalangan. Kok koylakdagi naqshlarning joylashuvi umumiy ranglar yechimi singari qatʼiy qoidaga aylangan. Pastdan yuqoriga tomon, koʻkrak sohasiga qadar hayvon shoxlari va romb koʻrinishidagi naqshlar vertikal yoʻnalishda joylashtirilib („daraxt naqsh“), ajoyib kompozitsiya hosil qiladi. Ostki qismida uzun sirgʻani eslatuvchi tasvir boʻlib, bu „sirgʻa nagʻis“ deb ataladi.

Arxeologik ekspeditsiyalarda Qadimgi Xorazm manzilgohlarining mislsiz osori-atiqalari va maketlari topilgan. Xususan, bundan 2500 yil avval Sultonuizdogʻ togʻlari toshlari orasidan oʻiyb ishlangan qochqor shoxli, ammo odam yuzli hayvon qiyofasidagi toshdan yasalgan kapitel topilgan.

Kapitel  – Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi arxeologik kollektsiyasining noyob yeksponatlaridan biridir. 1966 yilda Nukus shahridan janubda 81 km uzoqlikdagi, Nukus-Toʻrtkul avtomagistralidan 400 m sharqda Sultonuizdog togʻ tizmasidan ikkita baraban ustunlari va ikkita kapitel topilgan. Kapitel kulrang, mayda donli marmardan hayvon shaklida, oyoqlari ostiga kichik dumlari tiqilib yotgan va odam yuzi kabi qurilgan. Ushbu topilmalarning barchasi miloddan avvalgi v-Iv asrlarga tegishli.

Bronza quyma idish (miloddan avvalgi vI – v asrlar). Bronza qazon hayvonlarning oyoqlariga uqshash uchta oyoqda, uning dastasi ot shaklida yaratilgan. Uni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Yellikqal’a tumanidagi Burli va Toʻproqqal’a aholi punktlari oraligʻidagi qoʻmlikdan gidrogeologiya qidiruv guruhi ishchisi A.Tauboev topdi.
Muzeyda Orolbuyining qadimiy hayvon va oʻsimliklarning toshga aylangan qoldiqlari, nodir va yuqolib ketgan qushlar va hayvonlar ning tulumlari taqdim yetilgan. Muzeyning tabiat boʻlimidagi „Soʻnggi Turon yulbarsi“ koʻrgazmasi nayobligi bilan ajralib turadi. Turon yulbarsi 20-asr boshlarida mintaqada yeng keng tarqalgan hayvonlardan biri boʻlgan. Shunki bu davrda Amudaryo va boshqa koʻplab kanallar buyidagi zich va baland qamishli urmonlar, koʻllarda yashovchi hayvonlar va baliqlar ajoyib sharoit yaratgan. Faunamizdagi Turon yulbarslarining yuq boʻlib ketishining asosiy sabablari yashash joylarining keskin qisqarishi, oziq-ovqat zaxiralarining kamayishi va har 12 yilda juda kam tugʻilishidir. Eng oxirgi Turon yulbarsi 1980 yilda muzeyga topshirilgan. U taksidermist M. Zaslavskiy tomonidan toʻrt yil ichida tiklandi.

Manbalar




Adabiyot




Foydali havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz