Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi (qoraqalpoqcha: Qaraqalpaqstan Respublikası Joqarǵı Keńesi reisi) — Qoraqalpog'iston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi raislik qiluvchi mamlakatning oliy mansabdor shaxsi.
Bu lavozimning amaldagi sohibi O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi Amanbay O‘rinboyev hisoblanadi.
Saylov
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi respublika rahbari hisoblanib, deputatlar o‘rtasida yashirin ovoz berish yo‘li bilan 5 yil muddatga saylanadi. Ushbu muddatta Joʻqorgʻi Kenges vakolatiga teng bo‘lgan muddatga teng bo'ladi. Kenges raisi 2 martadan ortiq qayta saylanishi mumkin emas.
Vakolat va masʼuliyat
Davlat hokimiyatining oliy ijro etuvchi-boshqaruvchi organi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengesi, yaʼni Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumati hisoblanadi. Joʻqorgʻi Kengesning Raisi Qoraqalpog‘istonning yuqori qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat organlarining o‘zaro hamkorligini ta’minlaydi. Qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini nazorat qilib, O‘zbekiston Prezidenti bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi lavozimiga nomzod taklif etadi. Shuningdek, Vazirlar Kengesi, Vazirlar Kengesining Raisi tumanlar va shaharlar hokimlarini lavozimga tayinlab, lavozimidan ozod qiladi. Bundan tashqari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kenges raisi O‘zbekiston Prezidenti bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudining fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sudyalari, Qoraqalpog‘iston, shahar va tuman sudyalari, Xo‘jalik sudi raislari va sudyalari lavozimlariga, Joʻqorgʻi Kengesga nomzodlarni kiritadi.
Qoraqalpog‘iston Konstitutsiyasi va qonunlari buzilgan taqdirda, Joʻqorgʻi Kenges raisi deputatlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismining qarori bilan javobgarlikka tortilishi mumkin.
Raislar roʻyxati
Manbalar
uz.wikipedia.org