Qorapo`choq 3744




Qorapoʻchoq , Qorapoʻchoq 3 7 44 — kechpishar qovun navi. Oʻzbekiston oʻsimlikshunoslik ilmiy tadqiqot institutida chiqarilgan. Shakli choʻziq-tuxumsimon, uz. 32—45 sm, sirti tekis, oʻrtacha boʻrtmali toʻrlar bilan qoplangan. Tusi toʻq yashil, etining qalinligi 4—4,5 sm. oq, yumshoq, bir oz tigʻiz, shirin. Ogʻirligi 4—4,5 kg (9 kg gacha). Urugʻxonasi oʻrtacha kattalikda. Tarkibida 9,8% qand, 11,7% quruq modda bor. Saqlanish davomida shirinligi ortib boradi. Niholi unib chiqqanidan soʻng birinchi hosili 124 kunda pishadi. Hosildorligi 300—320 s/ga. Yaxshi saqlanadi, uzoq joylarga yuborishga yaroqli. 1949-yildan Fargʻona vodiysida, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida ekish uchun davlat reyestriga kiritilgan.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz