Qo‘qon voqeasi (film)
“Qoʻqon voqeasi” — 1977-yilda “Oʻzbekfilm” kinostudiyasi Nikolay Nikitinning shu nomdagi tarixiy romani asosida rejissor Uchqun Nazarov tomonidan suratga olingan uch qismli sovet badiiy filmi sanaladi.
Ssenariy va roman
Ssenariy Nikolay Nikitinning romanidan sezilarli darajada farq qiladi, film motivlarga asoslangan: roman syujeti va ba’zi qahramonlarning ismlari oʻzgartirilgan, bundan tashqari, romanda yoʻq personajlar ham mavjud.
Mazmuni
Film Fargʻona vodiysida sovet hokimiyatining tashkil topishi, uning 1918-1921-yillardagi voqealari haqida hikoya qiladi. 1918-yilgi Qoʻqon qoʻzgʻoloni, uning bostirilishi, Qoʻqon muxtoriyatining tugatilishi va keyinchalik bosmachilikka qarshi kurash – ana shu tarixiy voqealar fonida bosh qahramonlar taqdiri rivojlanadi.
Yusuf qul bolakaydan Qizil armiya qoʻmondonigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtadi. Qizil Armiyadagi xizmatini oddiy askar sifatida boshlagan Lixoletov oxir oqibatda qoʻmondonga aylanadi. Bosmachilar toʻdasining sobiq rahbari Jabbor bolsheviklar tomoniga oʻtadi, sobiq ofiser Zaychenko esa Qoʻqon isyoni paytida xiyonat qilib, nihoyat obroʻsini toʻkib, bosmachi va ingliz razvedkasi xizmatiga oʻtib oladi.
Bosmachi toʻdalarining yana bir rahbari Irgash juda tigʻyogʻlama, soʻzamol boʻlib, film soʻnggida u sobiq maslakdoshi Jabborni asir qilib qoʻlga tushiradi.
Rollarda
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org