Qo‘qon superfosfat zavodi aksiyadorlik jamiyati
„Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals“ (2019-yilgacha "Qoʻqon superfosfat zavodi") AKSIYADORLIK JAMIYATI - kimyo sanoati korxonasi, oddiy, ammoniylashgan superfosfat oʻgʻitlari, kaltsiy karbid, payvandlash elektrodlari ishlab chiqaradi. „Toshkent“ RFBda listingga qoʻyilgan. Birja tikeri nomi - KUSZ.
Tarixi
1935-yil iyul oyida aralash oʻgʻitlar fabrikasi negizida tashkil etilgan. Urush yillarida mudofaa ahamiya-tiga ega boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqargan.
1941-yilda evakuatsiya qilingan Neva va Voskresensk kimyo zavodlari uskunalari asosida superfosfat sexi qurilishi boshlanib, uning birin navbati 1946-yil aprelda ishga tushirildi. Shu yildan "Qoʻqon superfosat zavodi" nomini oldi.
1947-yilda sulfat kislota ishlab chiqarish sexi qurilib ishga tushirildi, superfosfat tanarxini kamaytirish maqsadida zavod Choratov (Qozogʻiston) fosforitidan superfosfat olishni oʻzlashtirdi.
1953-yildan ammoniylashgan superfosfat ishlab chiqarila boshlandi. 1956-yilda sulfat kislota ishlab chiqaruvchi sex eyekonstruksiya qilindi. 1958-yilda 100% li R205 boʻyicha yillik quvvati 42 ming t boʻlgan, ilgʻor texnika bilan jihozlangan ikkinchi superfosfat sexi, 1962-yilda yillik loyiha quvvati 45,5 ming t ammoniylashgan superfosfat sexi foydalanishga topshirildi. 1964-yilda ammoniylashgan superfosfat olishning yangi texnologiyasi (ammonizatsiyalash — quritish — yoyish — maydalash) joriy qilindi. 1974-yildan donador ammoniylashgan superfosfat ishlab chiqarish oʻzlashtirildi (ishlab chiqarilgan mineral oʻgʻitlarning 40%).
1998-yil aprel oyida Qizilqum fosforit majmuasida ishlab chiqarilgan fosforit xom ashyosidan foydalanishga oʻtdi va uning yillik ishlab chiqarish quvvati 178,0 ming t superfosfatga yetkazildi.
2003—2004-yillarda ammoniylash sex qayta jihozlandi, oʻgʻitni qadoqlash avtomatlari oʻrnatildi. 1997-yildan aksiyadorlik jamiyati. 2002-yil fevralda korxona aksiyalarining 60,2% chet el investorlariga sotildi va Oʻzbekiston—Rossiya chet el investitsiyasi ishtirokidagi "Qoʻqon superfosfat zavodi" ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.
Mahsulotlari chet ellarga eksport qilinadi (2004-yilda 600 t superfosfat). 2004-yilda korxonada 164,1 ming t ammoniylashgan superfosfat, 101,9 mln. soʻmlik xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqarildi.
Egasi
Qoʻqon superfosfat zavodi davlat korxonasi sifatida faoliyat boshlagan. Mustaqillikdan keyin ham davlat nazorati saqlanib qoldi. 1997-yilda zavod aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilib, "Qoʻqon superfosfat zavodi" OAJ deb nomlandi. "Oʻzkimyosanoat" AJ zavodni Oʻzbekiston davlati nomidan tasarruf qiladi.
2002-yil fevralda korxona aksiyalarining 60,2% chet el investorlariga sotildi va Oʻzbekiston—Rossiya chet el investitsiyasi ishtirokidagi "Qoʻqon superfosfat zavodi" ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.
2020-yil 3-aprelida imzolangan PQ-4265 sonli Prezident qarorida „Qoʻqon superfosfat zavodi“ AJ ustav kapitalining 95,54 foiz aksiyalari Singapurning Indorama korporatsiyasiga 4,3 million dollarga sotildi. Sotilgan ulushda 70,54 foiz davlat aksiyalari, 25 foiz "Oʻzkimyosanoat" AJga tegishli edi. Ushbu aksiyalar Indorama korporatsiyasining Niderlandiyadan oʻtgan shoʻba korxonasi “Indorama Holdings BV” tasarrufiga oʻtkazilgan .
2019-yil 24-may kuni imzolangan shartnomada investorga bir qator majburiyatlar yuklanadi. Xususan,
Shartnoma imzolangach yangi xoʻjayin kompaniya nomini "Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals" AJga oʻzgartirdi.
2020-yilning iyul oyida "Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals" XMK va YTTBdan zavodni modernizatsiya qilish uchun $12,5 mln kredit jalb qildi.
2020-yilning yanvar oyida zavodda qiymati $500 ming boʻlgan, suvda tez eruvchan azot-fosfor-kaliyli (NPK) mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi liniyani foydalanishga topshirdi.
Manba
uz.wikipedia.org