Qoʻqon shahar oʻlkashunoslik muzeyi
“Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonasi — Qoʻqon shahridagi madaniy-maʼrifiy muassasa.
Tarixi
1925-yil Xudoyorxon oʻrdasida Fargʻona okrug oʻlkani oʻrganish muzeyi nomi bilan tashkil etilgan; 1930—1957 yillarda Qoʻqon rayonlararo oʻlkani oʻrganish muzeyi sifatida faoliyati davom etgan. Keyinchalik 1958-yildan 2018-yilgacha
Qoʻqon shahar oʻlkashunoslik muzeyi nomi bilan faoliyat yuritgan.
Boʻlimlar
Muzeyda nashr ishlari,
koʻchma koʻrgazmalar,
tabiat,
tarix,
sanʼat va
Turizm va Marketing boʻlimlari faoliyat yuritib kelmoqda.
Muzeyning fondida 48 mingdan oshiq eksponat saqlanadi (2022). Muzey ekspozitsiyasi Oʻrda, Xonlik va Qoʻqon shahri tarixi, Fargʻona vodiysi tabiati, hayvonot va oʻsimliklar dunyosi, madaniyatini atroflicha aks ettiradi. Muzeyning 6 boʻlimi faoliyat koʻrsatmoqda:
Filiallar
Qoʻqon davlat muzey-qoʻriqxonasi tarkibida 9 ta fillial mavjud:
Buyuk allomalar muzeyi,Jome Amaliy san’at muzeyi,
Muqimiy hujra-muzeyi,
Hamza uy-muzeyi,
Adabiyot muzeyi,
Norboʻtabiy madrasasi, Dasturxonchi madrasasi, Modarixon Dahmasi va
Tepaqo'rg'on arxeologik yodgorligi.
Havolalar
uz.wikipedia.org