Qo‘qon jome masjidi
Qoʻqon jome masjidi - Qoʻqondagi meʼmoriy yodgorlik (1819— 22); Qoʻqon xoni Umarxon nomi bilan bogʻliq. Masjid ulkan xonaqoh va uni uch tomonidan oʻrab olgan 98 yogʻoch ustunli keng ayvon hamda minoradan iborat. Bino devorlari ganchkori, izo-ralari chaspak uslubida, ayvon shifti toʻsinlari islimiy va girih naqshlar, ustunlar kalla muqarnaslar, oʻyma naqshlar bilan bezatilgan, tag-kursilar marmardan ishlangan. Minora konussimon shaklda, yuqori qismi 6 qirrali qafasa tuynuk va qubba bilan tugallangan, bezaksiz. Minora yuqorisiga aylanma zina orqali chiqiladi.
Quqrn jome masjidining ziynatlangan — kandakorlik sanʼatidagi oʻziga xos yoʻnalish; 18—19-asrlarda shakllangan. Qoʻqon jome masjidim.ning oʻymasi sayoz, ammo aniqligi bilan ajralib turadi, islimiy va girih naqshlari jozibador; oʻsimliksimon naqshlari ajoyib gullar hosil qiluvchi mayda qismlarga boy. 19-asr 2-yarmidan chekma bezaklar, chiziqlar, kataklar va boshqa boʻrtiq shakllar koʻp uchraydi; naqsh zaminini boʻyash keng qoʻllanadi. 19-asr oxiridan naqsh mujassamotlarida meʼmoriy obidalar (mas, Xudoyorxon oʻrdasi, usta Fozil ishi va boshqalar), afsonaviy hayvonlar (Us t a Lutfulla Fozilov ishi va boshqalar) va odamlar tasvirlana boshladi; buyumlar feruza, marjon va boshqa koʻzlar qadab bezatiladi. Qoʻqon jome masjidim. vakillari barkash, laʼli, choy idishlari, kosa va boshqa anʼanaviy buyumlarni, shuningdek, f-kada ishlab chiqarilgan idishlar (mas, usta Siddiq Otaullayev bezagan samovar va boshqalar)ni ham oʻsimliksimon va handasiy naqshlar bilan jozibador bezadilar. Qoʻqon jome masjidi ustalaridan Otaulla Muhammad Rajab, Mulla Xoliq, Fozil Otaullayev, Lut-fupa Fozilov va boshqa tanilgan.
21-asr boshiga kelib, Qoʻqon jome masjidim. uslubida ijod qilayotgan usta Maqsud madaliyev va uning shogirdlarining kan-dakorlikni rivojlantirishdagi xizmatlari katta, ular ijodida Oʻzbekistondagi turli kandakorlik maktablarining anʼanalari uygʻunlikda qoʻllanilib, ajoyib sanʼat asarlari yaratilmoqda.
uz.wikipedia.org