Qo‘ng‘izlar
Qoʻngʻizlar — hasharotlar turkumi. 140 oilasi, 300 mingdan ortiq turi maʼlum. Q.ning tana uz. 0,25–180 mm. Yumshoqtanlilar oilasining vakillaridan boshqalarida tana qoplami sklerotlashgan. Bosh, koʻkrak, qorin qismlari bir-biridan aniq chegaralangan. Oldingi juft qanotlari qattiq ustqanot (elitra)ga aylangan boʻlib, qorin va ikkinchi — orqa juft parda qanotlarini himoya qiladi. Toʻla oʻzgarish bilan rivojlanadi (qarang Hasharotlar). Ovalsimon tuxumlari silliq qobiq bilan oʻralgan. Lichinkalari 2 xil: kampodesimon — harakatchan, oyoqlari yaxshi rivojlangan, yirtqich (mas, sassiq qoʻngʻizlar, yumshoqtanlilar, bitxoʻr xonqizi qoʻngʻizlari va boshqalar) va eruksimonlar — seret, kamharakat. Q.ning koʻpchiligi qishloq xoʻjaligi ekinlari, daraxt va oziq-ovqat mahsulotlarining zararkunandasi (yana q. Ombor zararkunandalari). Yetuk hasharotlar hamda ular lichinkalarining shikastlash xarakteriga qarab, Q. barg kemi-ruvchilar (mas, bargxoʻrlar, uzun-tumshuklar va boshqalar), poʻstloq osti yoki yogʻochda rivojlanuvchi p oya-tana kemiruvchilar (tilla qoʻngʻizlar, poʻstloqxoʻrlar, uzun moʻylov qoʻngʻizlar va boshqalar), tuproqdagi ildiz kemiruvchilar (asosan, may qoʻngʻizi lichinkalari, qora Q. qirsildoq Q), meva va urugʻ zararkunandalari (nay oʻrovchilar, urugʻ-xoʻrlar, donxoʻrlar va boshqalar), gʻalla mahsulotlari vateri zarar-kunandalariga boʻlinadi. Sugʻorma dehqonchilik mintaqasida foydali Q. (xonqizi qoʻngʻizlari, sassiq qoʻngʻizlar) ham yashaydi. Goʻngxoʻr Q, oʻlimtikxoʻr q. kabi turlari chirindi va oʻlimtiklar bilan oziqlanib, tabi-atda sanitar vazifasini oʻtaydi.
Manbalar
uz.wikipedia.org